Kontent qismiga oʻtish

Dumparast

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dumparast
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Dumparast, uzunquyruq (Terpsiphone paradisi) — chumchuqsimonlar turkumining pashshaxoʻrlar oilasiga mansub qush. Kattaligi chumchuqdek. Narining ikkita dum pati juda uzun, 50 sm gacha yetadi. D. nomi shu tariqa yuzaga kelgan. Jan. Manchjuriya va Primoryedan Oʻrta Osiyogacha tarqalgan. Oʻzbekistonda (Fargʻona vodiysi, Toshkent, Samarqand, Surxondaryo viloyatlariga) kech bahorda kelib, kuz boshlarida uchib ketadi. D. togʻ hamda togʻ etaklaridagi oʻrmon va bogʻlarda yashaydi. Daraxtda uya quradi. 4—5 dona tuxum qoʻyadi. Turli hasharotlar bilan oziqlanadi. Oʻzbekistonda alohida muhofazaga muhtoj.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil