Kontent qismiga oʻtish

Dunedin aeroporti

Koordinatalari: 45°55′41″S 170°11′54″E / 45.92806°S 170.19833°E / -45.92806; 170.19833
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dunedin Aeroporti
IATA kodi: DUDICAO kodi: NZDN
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik
Egasi Dunedin shahar kengashi va Yangi Zelandiya hukumati(The Crown)
Operator Dunedin International Airport Limited
Xizmat doirasi Dunedin
Joylashuvi Momona, Dunedin shahri, Yangi Zelandiya
Qurilgan 1962
Dengiz sathidan balandligi 1,2 m / 4 ft
Koordinatalari 45°55′41″S 170°11′54″E / 45.92806°S 170.19833°E / -45.92806; 170.19833
Vebsayti www.dunedinairport.co.nz
Xarita
Dunedin Aeroporti (Yangi Zelandiya)
Dunedin Aeroporti
Dunedin aeroporti joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
03/21 1,900 6,234 Asfalt
Maʻlumotlar (2018)
Yoʻlovchilar soni 1,035,645[1]
Parvozlar soni 29,229[2]

Dunedin aeroporti (IATA: DUDICAO: NZDN) — Dunedin xalqaro aeroporti, shuningdek, Momona aeroporti sifatida ham maʼlum. Yangi Zelandiya Janubiy orolining Otago mintaqasidagi xalqaro aeroport boʻlib, Dunedin shahri hamda Otago va Sautlend viloyatlari aholisiga xizmat koʻrsatadi. Dunedin aeroporti Otagodagi ikkita xalqaro aeroportdan biridir.

Aeroport Boeing 767[3] va undan kichik samolyotlar uchun asfaltlangan uchish-qoʻnish yoʻlagiga ega[4]. Shuningdek, aeroportda 5 ta kirish yoʻlagiga ega terminal, ikkita oʻtish koʻprigi, bojxona postlari mavjud. Dunedin shahar kengashi va Crown kompaniyasi Dunedin International Airport Limited aksiyadorlik jamiyatining 50 foiz ulushiga egalik qiladi[5].

Aeroport eski Taieri aerodromi oʻrniga 1962-yilda qurildi. Aeroport qurilishidan asosiy maqsad qisqa masofaga uchuvchi samolyotlarga xizmat koʻrsatish boʻlgan.1963-yilda yangi katta angar qurib bitkazildi. Mount Cook Airlines aviakompaniyasi Dunedin aeroportidan 1966-yil martdan 1991-yil iyuligacha foydalandi. 1969-yilda aeroport terminaliga avtomatik ochiluvchi eshiklar oʻrnatildi, 1971-yilda Rothmans soati ham oʻrnatildi.

Dunedindagi Air New Zealand klubi

Aeroport 1980-yil iyun oyidan iyulgacha suv toshqini tufayli yopildi. Uchish-qoʻnish yoʻlagini uzaytirish ishlari 1993-yil may oyida yakunlandi. Natijada, uchish-qoʻnish yoʻlagi 1900 metrga uzaytirildi. Birinchi xalqaro Qantas Boeing 737-300 reysi 1994-yil iyul oyida Dunedin aeroportiga qoʻndi.

Air New Zealand aviakompaniyasining Boeing 737-300 samolyoti 21-qoʻnish yoʻlagiga qoʻnmoqda, Airbus A320-200 esa yoʻlak boshida kutib turibdi.

Aeroport nomi 2015-yilda Dunedin xalqaro aeroportidan Dunedin aeroportiga oʻzgartirildi[6].

Infratuzilma va xizmatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2014-yilda Dunedin aeroporti terminali binosi

Trafik va statistika

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1963-yilda aeroport orqali jami 100 ming yoʻlovchi tashildi. Birinchi xalqaro reys 1994-yilda qabul qilingan va 1995-yilgacha jami 520,000 yoʻlovchi tashildi. Biroq, ushbu koʻrsatkich 2000-yilda jami 19 000 ta parvozgacha kamaydi va jami 481 000 nafar yoʻlovchi tashildi. 2018-yilda aeroport maʻmuriyati yoʻlovchilar soni yiliga 1 035 645 nafarga yetganini eʼlon qildi[7].

Uchish-qoʻnish yoʻlagi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilda Dunedin International Airport Limited qoʻshimcha yer maydoni mavjudligini inobatga olib, uchish-qoʻnish yoʻlagini 1,900 m (6,200 ft) ga uzaytirishga ruxsat berdi. Ushbu qaror Amerika Qoʻshma Shtatlari va Janubi-Sharqiy Osiyodan uzoq masofaga uchuvchi samolyotlarni qabul qilish imkonini berdi[8].

Yoʻnalishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi kunda aeroportda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda.

Aviakompaniya Manzillar
Air New Zealand Auckland, Christchurch, Wellington
Jetstar Auckland[9]
  1. Loughrey, David. „Airport passenger facilities set to expand“. Otago Daily Times (2018-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 10-sentyabr.
  2. „Archived copy“. 2013-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-iyun.
  3. „Dunedin International Airport (DUD/NZDN)“. A-Z World Airports Online. Qaraldi: 2009-yil 12-noyabr.
  4. „Dunedin International Airport (DUD/NZDN)“. A-Z World Airports Online. Qaraldi: 2009-yil 12-noyabr.
  5. „Dunedin International Airport Ltd (DIAL)“. Crown Company Monitoring Advisory Unit. 2005-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 12-noyabr.
  6. „Dunedin International Airport gets new name“. Stuff (2015-yil 8-iyul). Qaraldi: 2016-yil 7-fevral.
  7. Loughrey, David. „Airport passenger facilities set to expand“. Otago Daily Times (2018-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 4-yanvar.
  8. McNeilly. „Push for longer runway“. Otago Daily Times (2009-yil 28-mart). Qaraldi: 2009-yil 19-may.
  9. „Jetstar drops Wellington-Dunedin flights and ups Queentown service“ (2019-yil 8-mart). Qaraldi: 2019-yil 8-mart.