Kontent qismiga oʻtish

Dunyo boʻylab 80 kun (2021-yilgi Teleserial)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dunyo boʻylab 80 kun
Janri
Muallif(lar)
  • Ashley Pharoah
  • Caleb Ranson
Qaysi asarga asoslangan dunyo bo'ylab 80 kun
Jules Verne
Rollarda
Bastakor(lar)
Mamlakat
  • Fransiya
  • Germaniya
  • Italiya
  • Buyuk Britaniya
  • Shimoliy Afrika
Til
  • Ingliz
  • Fransuz
  • Italian
Qismlar soni 8
Ishlab chiqarish
Ijrochi prodyuser(lar)
  • Simon Crawford-Collins
  • Lionel Uzan
  • Pascal Breton
  • Winnie Serite
  • Ashley Pharoah
  • Steve Barron
  • David Tennant
  • Caleb Ranson
Prodyuser(lar) Peter McAleese
Qism davomiyligi 48 daqiqa
Studiya(lar)
  • Slim Film + Television
  • Federation Studios
  • Peu Communications
Efirga uzatilishi
Telekanal

Dunyo boʻylab 80 kun —1872-yil Jules Verne tomonidan yozilgan asarga asoslanib suratga olingan serial. Serialda Phileas Fogg dunyoni 80 kun ichida aylanib chiqishi haqidagi sarguzashtlari yoritilgan. Loyiha Yevropa ittifoqidagi turli davlatlar: Fransiyaning Televisions, Germaniyaning ZDF, Italiyaning RAI va Amerika qoʻshma shtatlarining Masterpiece va Be-Films/RTBF telekompaniyalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Serial Buyuk Britaniya, Fransiya, Shimoliy Afrika shuningdek Ruminiyada ham suratga olingan. Serial premyerasi 2021-yil 5-dekabrda Belgiyadagi La Uneda, keyinchalik 2021-yil 26-dekabr Buyuk Britaniyadagi BBC Oneda boʻlib oʻtgan. 2021-yil serial premyera qilinishidan oldin uning 2-mavsumi olinishi rejalashtirilayotgani eʼlon qilingan.

Qisqacha film haqida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film voqealari Phileas Foggning Reform klubining baobroʻ aʼzolari bilan oʻynagan £20,000 lik garovni yutish uchun dunyoni 80 kunda aylanib chiqishi va unga Passepartout va jurnalist Abigail Fix hamrohlik qilishi haqida boradi[2].

Jason Watkins: Bernard Fortescue rolida – Abigailning otasi va Foggning doʻsti;

Peter Sullivan: Nyle Bellamy rolida – Foggning rafiqasi;

Richard Wilson: Grayson rolida – Fogg uyining egasi;

Leon Clingman: Roberts rolida – Reform klubida mehmonxona boshligʻ;

Anthony Flanagan: Thomas Kneedling rolida – Bellamyning qoʻshnisi;

Jeff Rawle: Hughes rolida – Londondagi bank menejeri;

David Sherwood: Samuel Fallentin rolida – Reforma klubi aʼzosi.

Ikkinchi darajali rollar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

• Andre Penvern: Monsieur Lome rolida – havo shari ixtirochisi;

• Alain Guillo: Adolphe Thiers rolida – Fransiya prezidenti;

• Geo Dobre – Parij politsiyasi boshligʻi rolida;

• Masali Baduza: Edith rolida – Reform klubining xodimi;

• Giovanni Scifoni: Niccolò Moretti rolida – Italiyalik sanoatchi;

• Simone Coppo: Marco rolida – Turin poezdining konduktori;

• Alexandru Bindea – poezd haydovchisi;

• Ilinca Hărnuț: 3-poyezdning 3-klassida sayohat qilayotgan italyan ona sifatida;

• Lindsay Dunkan: Jane Digby roʻlida – ingliz ayol sifatida;

• Shivaani Ghai: Aouda rolida – hind ayoli;

• Patrick Kennedy: Sir Henry Rowbotham rolida – Gonkongdagi Britaniya gubernatori;

• Viktoriya Smurfit: Lady Clemency Rowbotham rolida – Clemensning rafiqasi;

• Thomas Chaanhing: Jiang Lieyi rolida – Passepartoutning Gonkongdagi sobiq boshligʻi;

• Susan Danford: Hildreth xonim rolida – Lady Clemensning doʻsti sifatida.

Suratga olinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film asosan Shimoliy Afrika va Ruminiyada suratga olingan. Serial suratga olish jarayoni 2020-yil mart oyida COVID-19 pandemiyasi tufayli toʻxtatilgan va keyinchalik 1-oktyabrdan yana suratga olish ishlari boshlangan[3]. 2021-yil noyabr oyida serial premyerasidan oldin uning ikkinchi faslini ishlab chiqish rejalashtirilayotgani haqida eʼlon qilingan[4][5].

Dunyo boʻylab 80 kun seriali birinchi boʻlib Belgiyada 2021-yil 5-dekabrda premyera qilingan. ZDF serialni 11-dekabrdan boshlab onlayn tarzda namoyish qilishni boshlagan. Serial namoyishi 23-dekbrgacha davom etgan[6][7]. Serial Fransiyada 2021-yil 20-dekabrdan, Norvegiyada 2021-yil 25-dekabrdan boshlab namoyish etila boshlagan[8][9]. Buyuk Britaniyada film 26-dekabrdan BBC Oneda, 2022-yil 2-yanvardan boshlab Amerika Qoʻshma Shtatlarida PBS platformasi orqali namoyish etilgan[10][11].

Rotten Tomatoes sayti serialning 14 ta epizodi boʻyicha toʻplangan ovozlardan kelib chiqib serialga umumiy 6.4/10 reyting bergan. Saytning tanqidiy taqrizida shunday yozilgan: „Jules Vernening Dunyo boʻylab 80 kun asari uchun hozirgi zamonaviylikni uygʻunlashtirish koʻzda tutilgan va bu mohir aktyorlar jamoasi yordamida muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilgan“. Serialga 16 ta ekspert tomonidan 100 balli shkaladan 61 bal berilgan va ijobiy baholangan. „The Guardian“ tomonidan serialning birinchi qismi yaxshi baho berilgan[12]. Telegraph tomonidan ham serial yaxshi baholangan[13]. Hollywood jurnalisti Daniel Fienberg serialning sakkizinchi qismi unchalik yaxshi chiqmagani haqida xabar yozgan[14].

James Delingpole ham serialni salbiy baholagan va unda baʼzi bahsli siyosiy masalalar koʻtarilgani haqida aytib oʻtgan. Shuningdek, James Passepartoutning yangi koʻrinishi hamda hatti-harakatlarini chuqur tanqid qilib oʻtgan[15].

  1. „David Tennant dans "Le tour du monde en 80 jours", une série co-produite par la RTBF“ (fr). RTBF TV (2021-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 15-dekabr.
  2. Carr. „Around the World in 80 Days release date: Cast, trailer and latest news“. Radio Times (2021-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.
  3. Vourlias. „'Around the World in 80 Days' to Restart Production in Romania, South Africa (EXCLUSIVE)“. Variety (2020-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.
  4. Grater, Tom. „'Around The World In 80 Days' Gets Second Season; Producers Also Developing 'Journey To The Centre Of The Earth' Series“. Deadline (2021-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 29-noyabr.
  5. Nicholson, Rebecca.
  6. „Mit David Tennant "In 80 Tagen um die Welt": ZDF zeigt Event-Mehrteiler vor Weihnachten“. Tv Wunschliste.
  7. „In 80 Tagen um die Welt“.
  8. Slim Film + Television. „Slim Film + Television, Federation Entertainment and the European Alliance / Frace Télévisions, ZDF and Rai to coproduce Around the World in Eighty Days“. Slim Film and Television (2019-yil 27-mart). 2021-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-sentyabr.
  9. „Jorda rundt på 80 dagar“.
  10. Fletcher. „Around the World in 80 Days: David Tennant cast as Phileas Fogg in BBC adaptation of Jules Verne classic“. BT (2021-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 5-dekabr.
  11. BBC Media Centre. „BBC acquires David Tennant fronted series Around The World In 80 Days“. BBC Media Centre (2019-yil 5-dekabr).
  12. „Around the World in 80 Days review – David Tennant channels a Victorian Jeff Bezos“. TheGuardian.com (2021-yil 26-dekabr).
  13. Singh, Anita. „Around the World in 80 Days, episodes 1 and 2 review: A fun story that needed far fewer changes“. The Telegraph (2021-yil 26-dekabr).
  14. „PBS' 'Around the World in 80 Days': TV Review“. The Hollywood Reporter (2021-yil 31-dekabr).
  15. Delingpole. „Around the World In Eighty Days is the worst TV this Christmas“ (en-GB). The Spectator (2021-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 29-iyun.