Kontent qismiga oʻtish

Jules Verne

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jules Gabriel Verne
Tavalludi 8-fevral 1828-yil
Vafoti 24-mart 1905-yil(1905-03-24)
(77 yoshda)
Amiens, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya[1][2]
Otasi Jean-Pierre Polnareff
Onasi Sophie Allotte de La Fuye
“Dunyoning oxiridagi mayoq” Vern adabiy sahnasining eng yaxshi romanlaridan biri hisoblanadi.

Jules Gabriel Verne (talaffuzi: Jul Gabriyel Vern; 8-fevral 1828 — 24-mart 1905) Fransiyalik yozuvchi, ilmiy fantastika janri asoschilaridan biri[3]. Uning eng mashhur asarlari sirasiga Suv ostida 80000 kilometr (1870), Yer markaziga sayohat (1864), Dunyo boʻylab sakson kun (1873) romanlari kiradi. U 66 ta sarguzasht romanlar muallifidir. Birinchi asari esa „Havo sharida besh hafta“ deb nomlanadi. Uning koʻpgina mashhur asarlari, jumladan, „Oʻn besh yoshli kapitan“, "Kapitan Grant bolalari", „Klodius Bombarnak“, „Robinzonlar maktabi“, „Muzlar iskanjasida“, "Ostin Ustun", "Antifer tog'aning ajoyib va g'aroyib sarguzashtlari", "Sirli orol", "Suv ostida 80000 kilometr" kabilar oʻzbek tiliga oʻgirilgan. Verne koinot, havo va suvosti sayohatlari haqida ular amalda qoʻllanmasidan avval yozgan. Kitoblari koʻplab tillarga tarjima qilingan, ayrimlari ekranlashtirilgan. Verne Hugo Gernsback va H.G. Wells bilan birgalikda „Ilmiy fantastika otasi“, deb hisoblanadi[4].

  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. "Jules Verne". Microsoft® Student 2009 [DVD]. Redmond, Vashongton: Microsoft Corporation. 2008.
  4. Adam Charles Roberts (2000), „The History of Science Fiction“: Page 48 in Science Fiction, Routledge, ISBN 0-415-19204-8.