Dunyoning yetti moʻjizasi
Yetti moʻjiza — qadimgi dunyoda mashhur boʻlgan meʼmorlik va haykaltaroshlik obidalari. Ulkanligi, katta mahorat bilan yaratilgani, jozibadorligi tufayli asrlar mobaynida „Dunyoning yetti moʻjizasi“ hisoblangan:
- Misr ehromlari — yoʻnib tayyorlangan katta toshlardan piramida shaklida qurilgan Qadimgi Misr firʼavnlarining maqbaralari (mil. av. III—II mingyilliklar). Ularning eng yirigi — Xeops piramidasi (balandligi 146,6 metr, asosi 233X233 metr)ning har biri oʻrtacha 2,5 tonnalik 2 300 000 blok bilan (baʼzi qismlarida 30 tonnalik bloklar ham bor) 30 yil mobaynida qurilgan, goʻrxonadan tashqari ikki qavatli ibodatxonasi ham bor;
- „Semiramida osma bogʻlari“ — Ossuriya malikasi Semiramida (Shammuramat) Bobilga maxsus inshootlar qurdirib bunyod etgan (mil. av. VI asr);
- Rodos orolidagi Artemida ibodatxonasi (taxminan mil. av. 550-yil);
- Zevsning Yunonistonning Olimpiya shahridagi ulkan haykali (taxminan mil. av. 430-yil, haykaltarosh Fidiy oltin va fil suyagidan ishlagan);
- Rodos oroli koʻrfazidagi yunonlarning quyosh maʼbudi Gelios haykali (taxminan mil. av. 292—280-yillar, haykaltarosh Haros misdan ishlagan);
- Kariya shohi Mavsol (mavzoley uning nomidan) oʻzi uchun qurgan Galikarnas (hozirgi Turkiya hududi)dagi maqbara — monument (taxminan mil. av. 377—352-yillar);
- Iskandariya (Aleksandriya) shahridagi ulkan mayoq (taxminan mil. av. 280-yil, meʼmori Sostrat).
Yetti moʻjizadan faqat Misr ehromlari deyarli butun holda saqlangan, baʼzilari (Artemida ibodatxonasi, Galikarnasdagi Mavsol maqbarasi)ning ayrim boʻlaklaridan, qolganlari qadimgi yozma manbalardangina maʼlum.[1]
Tarixi va ahamiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ahamiyati:
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yetti mo'jiza qadimgi dunyoning san’ati va texnologiyasining yuksakligi, shuningdek, insonning kreativ salohiyatini ko‘rsatadi. Ular o‘sha davrda qurilish va inshootlar me’morligi sohasida juda katta yutuqlarni anglatgan. Har bir mo'jiza o‘zining qurilishi bilan ajralib turadi, shu jumladan, ulkan hajm, ajoyib me'moriy yechimlar va san’atchilik darajasi bilan mashhur.[2]
Yetti mo'jiza xalqaro tarixda, madaniyatda va san’atda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bu obidalar nafaqat me’morlik asarlariga, balki tarixiy shaxslar va madaniyatlarning rivojlanishiga ham katta ta'sir ko‘rsatgan. Ularning yaratilishi va qadrlanishi tarixni o‘rganishda muhim manba hisoblanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Tobin, Jennifer (2024-03-21), „Seven Wonders of the World“, Architecture, Planning, and Preservation, Oxford University Press, ISBN 978-0-19-092246-7, qaraldi: 2024-11-09