Duragay
Duragay — irsiy belgilari bilan bir-biridan farq qiladigan organizmlarni jinsiy yoki vegetativ usulda oʻzaro chatishtirib olingan nayel. Oʻsimlikshunoslikda tur ichi va uzok, shakllar (turlararo, turkumlararo) D.lar uchraydi. Tur ichi D.lari bir turga mansub ikki navni, tur xillarning individlarini chatishtirish yoʻli bilan olinadi. Geografik uzoq D. (har xil genomli) bir turkumga oid ikki turni, ikki yoki undan ortik, turga mansub navlarni, bir oilaga mansub ikki turkumni chatishtirib olinadi. Hoz. davrda qishloq xoʻjaligi ekinlarining tezpisharligi, hosildorligini oshirish, hosil sifatini yaxshilashda birinchi bugin D.lardan foydalanish keng yoʻlga qoʻyilgan. Mak-kajoʻxori, kungaboqar, pomidor, qand lavlagi va b. urugʻchiligida birinchi av-lod D. urugʻlaridan foydalanish yuqori samara beradi (qarang Geterozis).
Oʻzbekistonda D. ipak qurti seleksiyasida katta yutuklarga erishilgan. Chorvachilikda har xil tur, avlod yoki zotlarga mansub hayvonlarni oʻzaro chatishtirish natijasida olingan yangi nayel D. deyiladi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |