Kontent qismiga oʻtish

Durroniylar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Durroniylar — afgʻonlarning yirik qabilalar uyushmasi. Umumiy soni 3 mln. dan ortiq (1996). Afgʻonistonning jan.-gʻarbiy qismida, shuningdek, mamlakatning yirik shaharlarida, qisman Pokistonda yashaydilar. Pushtu tilida gaplashadi. Islomning sunna mazhabiga eʼtiqod qiladi. D. ilgari abdallar deb nomlangan. Afgon davlatining asoschisi Ahmadshox tomonidan Durroniy deb oʻzgartirilgan (1747). D. zirak va panjpo tarmoqlariga boʻlinadi. Zirak papalzoi, al-kozoi, barakzoi va atsakzoi kabilalari, panjpo nurzoi, alizoi, ishoq-zoi qabilalaridan iborat. Deh-qonchilik, koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik bilan shugʻullanadilar (yana q. Afgʻoniston, Durroniylar davlati).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil