Kontent qismiga oʻtish

Dushanbe stadioni

Koordinatalari: 38°35′12″N 68°46′29″E / 38.58667°N 68.77472°E / 38.58667; 68.77472
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dushanbe stadioni
Joyi Dushanbe, Tojikiston
Koordinatalari 38°35′12″N 68°46′29″E / 38.58667°N 68.77472°E / 38.58667; 68.77472
Asos solingan March 2019[1]
Egasi Tojikistan futbol federatsiyasi
Yuzasi Tabiiy chim
Hajmi 30,000

Dushanbe stadioni (tojikcha: Варзишгоҳи Душанбе) – 2019-yilda Tojikistonning Dushanbe shahrida qurilishi boshlangan va hozirda qurilish ishlari toʻxtab qolgan futbol stadioni boʻlib[2], 2021-yilda ochilishi rejalashtirilgan edi[1]. Oʻyingoh 30 000 tomoshabinni sigʻdira olishi rejalashtirilgan[3].

Obyekt 9 gektardan ortiq maydonda barpo etilib, turli sport va madaniy tadbirlarni oʻtkazish uchun zamonaviy sharoitlar yaratilishi belgilangan. Futbol maydonining maydoni 105x68 metrni tashkil qiladi. Stadion toʻrtta tribunadan iborat boʻlib, ular ikki qavatdan iborat boʻladi.

Stadion hududida lift, elektr podstansiyasi, yongʻin oʻchirish havzasi, 2000 ta mashinaga moʻljallangan toʻxtash joyi kabi yordamchi inshootlarni qurish rejalashtirilgan. Mehmonlar uchun jami 448 oʻrinli alohida xonalar, 9 metrdan ortiq balandlikda sayr qilish uchun oʻyin maydonchalari va boshqa yordamchi inshootlar qurish rejalashtirilgan. Oʻyingoh hali bitmagan.