Dustley Mulder
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Dustley Roman Mulder | ||
Tavallud sanasi | 27-yanvar 1985-yil | ||
Tavallud joyi | Baarn, Niderlandiya | ||
Boʻyi | 1.81 m | ||
Ampluasi | Oʻng qanot himoyachisi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Feyenoord | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2004—2006 | Excelsior | 46 | (4) |
2006—2010 | RKC Waalwijk | 142 | (4) |
2010—2014 | Levski Sofia | 95 | (2) |
2014—2015 | Apollon Limassol | 11 | (0) |
2015—2016 | NAC Breda | 18 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2015—2017 | Kyurasao | 19 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Dustley Roman Mulder (talaffuzi: Dastli Roman Mulder; 1985-yil 27-yanvarda tugʻilgan) — kyurasaolik sobiq professional futbolchi. U oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynagan. Hozirda Mulder NAC Bredada yoshlar murabbiyi sifatida ishlaydi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshlik yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mulder Baarn shahrida tugʻilgan va Feyenoord yoshlar akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2004-yilda u Feyenoordning SBV Excelsior jamoasida oʻynay boshladi.
Excelsior
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mulder 2004—2005-yilgi mavsumda Excelsior Rotterdam jamoasi tarkibida professional futbolda debyut qilgan va u yerda ikki mavsum davomida 46ta o‘yin o‘tkazib, 4ta gol urgan.
RKC Waalwijk
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006-yilda Mulder RKC Waalwijk klubi uchun oʻynay boshladi. Besh mavsum davomida u himoyaning oʻng qismida boshqasi bilan almashtirib boʻlmaydigan futbolchiga aylandi, 153 ta yoki undan ortiq oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urdi[1]. Mulder Waalwijkni 2009—2010-yilgi mavsum oxirida, shartnomasi tugagach, tark etdi.
Levski Sofiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yil 30-iyunda Mulder Bolgariyaning Levski Sofiya jamoasiga oʻtishga rozi boʻldi. Ertasi kuni u Metalist Xarkovga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida norasmiy tarzda debyut qildi[2] va klub bilan 2-iyul kuni erkin agent sifatida ikki yillik shartnoma imzoladi[3]. Mulder 22-iyul kuni 2010—2011-yilgi UEFA Yevropa ligasining ikkinchi saralash bosqichida Dundalk ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda rasmiy debyutini qildi.
2011-yilning 8-dekabrida Mulder bir yillik shartnoma imzoladi va 2013-yilgacha Levskida qoldi[4].
U Levski uchun birinchi golini 2012-yilning 25-avgustida Ogosta stadionida Montanaga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi. 2013-yilning yanvarida Mulder Levski bilan shartnomasini uzaytirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ikki yillik yangi shartnoma 15-yanvar kuni imzolangan[5]. Mulder 2012—2013-yilgi mavsumni jami 5 ta gol bilan yakunladi.
2013-yilning yozida u Levskidan vaqtincha muddatga ozod etildi, biroq bir oydan soʻng asosiy jamoaga qaytarildi[6].
2013-yil dekabr oyida Bolgariya kubogi uchun CSKA Sofiyaga qarshi oʻyinda Mulder jamoasi uchun soʻnggi penaltini urib, 7:6 hisobida gʻalaba qozondi va bu jamoani turnirning chorak finaliga olib chiqdi. Mulder 2014-yil 24-may kuni „blues“ tashkil topganiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan oʻrtoqlik o‘yinida Lazio ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi g‘alabaning birinchi yarmida Elin Topuzakovning oʻrniga maydonga tushdi va Levski Sofiya safida so‘nggi bor oʻynadi[7]. 2014-yil iyun oyi boshida Levskining yangi tayinlangan sport direktori „blues“ endi Mudlerning xizmatlaridan oʻyinchi sifatida foydalanmasligini eʼlon qildi. Bolgariya klubida toʻrt yil oʻynaganidan soʻng, Mulder 95 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan holda uni tark etdi.
Apollon Limassol
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yil iyul oyida Mulder Kiprning Apollon Limassol klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi, shuningdek, shartnomaga futbolchining oʻyinlariga qarab, qoʻshimcha bir yillik muddat tayinlanishi ham kiritilgan[8]. Mulder rasmiy debyutini 2014-yil 21-avgust kuni UEFA Yevropa ligasi doirasida Lokomotiv Moskva klubiga qarshi o‘yinda (1:1) ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushganida o‘tkazdi[9].
NAC Breda
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yil iyul oyida Mulder Gollandiyaning NAC Breda jamoasiga bir yil muddatga qoʻshildi (qoʻshimcha bir yil varianti bilan)[10].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mulder 2015-yilning 28-martida Montserratga qarshi Jahon chempionati 2018 saralash bahsida Kyurasao terma jamoasi safida debyut qildi[11]. Kyurasao bilan Mulder 2017-yil 25-iyun kuni Karib dengizi kubogi finalida Yamaykani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Oʻshanda Mulderning hech qaysi klub bilan shartnomasi yoʻq edi.
Menejerlik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yil oʻrtalarida Mulder BSV Boeimeerning yordamchi murabbiyiga aylandi. 2020-yilning iyul oyida u bosh murabbiy Rogier Molhoek qoʻl ostida 18 yoshgacha boʻlganlar uchun Breda NAC jamoasiga yordamchi murabbiy etib tayinlangan edi[12].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Klub | Ishtirok | Gollar | Divizion |
---|---|---|---|---|
2004—2005 | Excelsior | 22 | 3 | 2 |
2005—2006 | Excelsior | 24 | 1 | 2 |
2005—2006 | RKC Waalwijk | 11 | 0 | 1 |
2006—2007 | RKC Waalwijk | 25 | 1 | 1 |
2007—2008 | RKC Waalwijk | 37 | 1 | 2 |
2008—2009 | RKC Waalwijk | 37 | 1 | 2 |
2009—2010 | RKC Waalwijk | 32 | 1 | 1 |
Levski Sofiya statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2014-yil 9-yanvar holatiga koʻra.
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Yevropa | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Levski Sofiya | 2010—2011 | 22 | 0 | 2 | 0 | 11 | 0 | 35 | 0 |
2011—2012 | 25 | 0 | 3 | 0 | 2 | 0 | 30 | 0 | |
2012—2013 | 26 | 2 | 4 | 3 | 2 | 0 | 32 | 5 | |
2013—2014 | 15 | 0 | 4 | 1 | 2 | 0 | 21 | 1 | |
Faoliyati jami | 88 | 2 | 13 | 4 | 17 | 0 | 113 | 6 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kyurasao[13]
- Karib dengizi kubogi: 2017
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Dustley Mulder Career Statistics“. soccerway.com.
- ↑ „Холандецът дебютира за Левски срещу Металист“ (Bulgarian). blitz.bg (2010-yil 1-iyul). 2014-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-yanvar.
- ↑ „Холандецът Мулдер подписа с Левски в консулството във Виена“ (Bulgarian). dariknews.bg (2010-yil 2-iyul).
- ↑ „Мулдер преподписа с Левски“ (Bulgarian). temasport.com (2011-yil 8-dekabr).
- ↑ „В Холандия: Мулдер преподписа с Левски“ (Bulgarian). novsport.com (2013-yil 15-yanvar).
- ↑ „Сираков клекна и върна Дъстли Мулдер“ (Bulgarian). 7sport.net (2013-yil 24-sentyabr). 2014-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Левски" отпразнува вековния юбилей с обрат срещу Лацио, 35 000 уважиха празника на сините“ (Bulgarian). topsport.bg (2014-yil 24-may).
- ↑ „Απολλωνίστας....ο Dustley Mulder!“ (Greek). Apollon Limassol official website (2014-yil 12-iyul). 2014-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-oktyabr.
- ↑ „Apollon Limassol vs. Lokomotiv Moskva“. soccerway.com (2014-yil 21-avgust).
- ↑ „Dustley Mulder tekent voor één jaar bij NAC, ook Vlatko Lazic krijgt contract“ (Dutch). omroepbrabant.nl (2015-yil 16-iyul). Qaraldi: 2021-yil 30-mart.
- ↑ „Curaçao vs. Montserrat 2:1“ (English). flashscore.com (2015-yil 28-mart). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-aprel.
- ↑ „Boeimeer bindt international Dustley Mulder“ (nl). Voetbaljournaal (2018-yil 20-aprel). 2022-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-fevral.
- ↑ „Dustley Mulder- Career Honours“. Soccerway.