Dwight King

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dwight King
King Los Angeles Kings klubida 2016-yil
Tugʻilgan joyi 5-iyul 1989-yil (1989-07-05) (34 yosh)
Meadow Lake, Saskatchewan, Kanada
Boʻyi 6 ft 4 in (193 cm)
Ogʻirligi 229 lb (104 kg; 16 st 5 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
Maydondagi joylashgan oʻrni chap qanot
Oʻynagan jamoalari

erkin agent

Los Angeles Kings
Montreal Canadiens
Avtomobilist Yekaterinburg
Graz99ers
NHLga kirish drafti 109-oʻrindagi tanlov, 2007
Los Angeles Kings
Jamoalardagi faoliyat 2009—hozirgacha

Dwight King (talaffuzi: Duayt King) (1989-yil 5-iyulda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Dwight King hozirda erkin agent hisoblanadi.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Los Angeles Kings[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dwight King "Los Angeles Kings" xokey klubi safiga 2007-yilda NHLga kirish loyihasida 109-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Shundan soʻng, Dwight King Gʻarbiy Xokkey Ligasida (WHL) "Lethbridge Hurricanes" xokkey klubi safida (2004—2005-yillardan 2008—2009-yillargacha) besh mavsumni oʻtkazdi.

Dwight King 2009—2010-yilgi mavsumda ECHL vakili "Ontario Reign" xokkey klubi bilan 20 ta oʻyin oʻtkazdi.

2010-yil 16-noyabrda Dwight King Los Angeles Kings xokkey klubi aʼzosi Alexei Ponikarovskiy oʻrniga NHLga chaqirildi[1]. 2010 yil 17-noyabrda Dwight King oʻzining birinchi NHL oʻyinida „Kings“ safida „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[2].

2012-yil 12-fevralda Dwight King Milliy xokkey ligasidagi ilk golini "Dallas Stars" xokkey klubiga qarshi uchrashuvda urdi. Dwight King 2012-yilda klub safida Stanley kubogi chempionligini qoʻlga kiritdi.

Montreal Canadiens[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 1-martida Dwight King "Monreal Canadiens" xokkey klubi oʻyinchisi oʻrniga shartli ravishda almashtirildi[3]. Keyin Dwight King klub bilan 6 ta pley-off oʻyinida maydonga tushdi. Shundan soʻng, Dwight King klubni tark etdi.

Yevropa[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 14-avgustda Dwight King Kontinental Xokkey Ligasi (KHL)ning „Avtomobilist Yekaterinburg“ xokkey klubi bilan ikki yillik shartnomaga rozi boʻldi[4]. Dwight King 2017—2018-yilgi mavsumda klub safida 49 ta oʻyinda maydonga tushdi. Shundan soʻng, Dwight King klubni tark etib, 2018-yil 3-avgust kuni Avstriya Xokkey Ligasining (EBEL) "Graz 99ers" xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi[5].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2004—2005 Lethbridge Hurricanes WHL 7 0 0 0 2 0 0 0 0 2
2005—2006 Lethbridge Hurricanes WHL 68 8 8 16 22 6 0 0 0 6
2006—2007 Lethbridge Hurricanes WHL 62 12 32 44 39
2007—2008 Lethbridge Hurricanes WHL 72 34 35 69 56 19 8 6 14 12
2008—2009 Lethbridge Hurricanes WHL 64 25 35 60 51 11 1 7 8 2
2009—2010 Ontario Reign ECHL 20 4 5 9 9
2009—2010 Manchester Monarchs AHL 52 10 16 26 42 16 2 7 9 4
2010—2011 Manchester Monarchs AHL 72 24 28 52 58 7 2 3 5 2
2010—2011 Los Angeles Kings NHL 6 0 0 0 2
2011—2012 Manchester Monarchs AHL 50 11 18 29 20
2011—2012 Los Angeles Kings NHL 27 5 9 14 10 20 5 3 8 13
2012—2013 Manchester Monarchs AHL 28 5 12 17 13
2012—2013 Los Angeles Kings NHL 47 4 6 10 11 18 2 3 5 2
2013—2014 Los Angeles Kings NHL 77 15 15 30 18 26 3 8 11 20
2014—2015 Los Angeles Kings NHL 81 13 13 26 21
2015—2016 Los Angeles Kings NHL 47 7 6 13 24 5 0 1 1 2
2016—2017 Los Angeles Kings NHL 63 8 7 15 10
2016—2017 Montreal Canadiens NHL 17 1 0 1 2 6 0 0 0 0
2017—2018 Avtomobilist Yekaterinburg KHL 49 6 8 14 12 3 0 1 1 4
2018—2019 Graz 99ers EBEL 54 10 32 42 16 10 1 2 3 0
2019—2020 Graz99ers EBEL 26 6 8 14 8
NHL jami 365 53 56 109 98 75 10 15 25 37

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Kings put Ponikarovsky on IR“. canoe.ca. Sports Network (2010-yil 16-noyabr). 2014-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-noyabr.
  2. Hoornstra, J.P.. „King makes his NHL debut for Los Angeles“. San Gabriel Valley Tribune (2010-yil 17-noyabr). 2014-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-noyabr.
  3. „Kings send King to Canadiens - Article - TSN“. TSN (2017-yil 1-mart). Qaraldi: 2017-yil 1-mart.
  4. „Ex-hab Dwight King signs two-year deal in KHL“. The Sports Network (2017-yil 14-avgust). Qaraldi: 2017-yil 14-avgust.
  5. „Königstransfer – Graz 99ers verpflichten zweifachen Stanley Cup sieger“ (de-AT). www.99ers.at (2018-yil 3-avgust). 2018-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-avgust.