Dylan Olsen
Dylan Olsen | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
3-yanvar 1991-yil Salt Lake City, Utah, AQSH | ||
Boʻyi | 6 ft 2 in (188 cm) | ||
Ogʻirligi | 223 lb (101 kg; 15 st 13 lb) | ||
Pozitsiyasi | himoyachi | ||
Maydondagi joylashgan oʻrni | chap qanot | ||
Sobiq jamoalar |
erkin agent Chicago Blackhawks Florida Panthers Nottingham Panthers HK Nitra | ||
NHLga kirish drafti |
28-oʻrindagi tanlov, 2009 Chicago Blackhawks | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2010—hozirgacha |
Dylan D. Olsen (talaffuzi: Dilan D.Olsen) (1991-yil 3-yanvarda tugʻilgan) — amerikalik va kanadalik professional xokkeychi. Dylan Olsen hozirda erkin agent hisoblanadi.
Oʻyin faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havaskor
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dylan Olsen NCAA huquqini saqlab qolish uchun AJHL vakili Camrose Kodiaks xokkey jamoasi bilan foliyati olib bordi. Dylan Olsen 2006—2007-yillarda Kodiaks jamoasi bilan ikkita oʻyinda maydonga tushib, gol urishga muvaffaq boʻldi.
Dylan Olsen 2007—2008-yilgi yangi mavsumda klub safida 49 ta oʻyinda maydonga tushib, sakkizta gol va 24 ochko toʻpladi. Bu koʻrsatkichlar orqali Dylan Olsen Kodiaks xokkey klubiga ligada eng yaxshi natijani qayd etishga yordam berdi. Shuningdek, Dylan Olsen klub bilan 2008-yilgi AJHL chempionligini qoʻlga kiritdi.
Dylan Olsen 2009—2010-yilgi mavsumni Minnesota Duluth Bulldogs universiteti xokkey jamoasida oʻtkazdi.
Professional
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dylan Olsen 2010-yil 31-dekabrda Chicago Blackhawks xokkey jamoasi bilan uch yillik boshlang‘ich darajadagi shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Dylan Olsen Olsen „Blackhawks“ning kichik ligadagi filiali Rockford xokkey klubi safiga joʻnatildi[1].
Dylan Olsen klub safida 2012-yil 17-aprelda oʻzining birinchi pley-off oʻyinida ishtirok etdi.
2013—2014-yilgi mavsumda, 2013-yilning 14-noyabrida Dylan Olsen Kris Versteeg va Philippe Lefebvre evaziga Jimmy Hayes bilan birga „Blackhowks“ klubi tomonidan Florida Panthers xokkey jamoasiga almashtirildi[2]. Dylan Olsen oʻzining birinchi NHL golini „Panthers“ jamoasi tarkibida 2013-yil 5-dekabrda „Winnipeg Jets“ xokkey jamoasiga qarshi uchrashuvda kiritishga muvaffaq boʻldi.
2015—2016-yilgi mavsumdan soʻng, Dylan Olsen „Panthers“ xokkey klubini tark etdi. Shundan soʻng, Dylan Olsen 2017-yil 13-sentyabrda „Calgary Flames“ xokkey klubi mashgʻulotlarida qatnashish uchun sinov mashgʻulotlariga bora boshladi. Sinovdan soʻng, Dylan Olsen 2017-yil 19-sentyabrda klubning AHL filiali „Stockton Heat“ xokkey klubi bilan sinovdan o‘tishga tayinlandi[3]. 13-oktyabr kuni Dylan Olsen ECHL vakili Adirondack Thunder xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[4].
Shimoliy Amerikada 8 mavsum o‘ynagach, Dylan Olsen 2018-yil 31-may kuni Angliyaning „Nottingham Panthers“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzolash uchun xorijga joʻnab ketdi[5].
Dylan Olsen 2019—2020-yilgi mavsumda Shimoliy Amerikaga qaytib, 2020-yil 10-yanvarda „South Carolina Stingrays“ xokkey jamoasi bilan ECHLdagi professional faoliyatini davom ettirdi[6].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dylan Olsenning otasi Darryl Olsen 1991—1992-yilgi NHL mavsumida „Calgary Flames“ xokkey jamoasi bilan oʻynagan.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muntazam mavsum | Pley-off oʻyinlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | ||
2006—2007 | Camrose Kodiaks | AJHL | 2 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | — | — | — | — | ||
2007—2008 | Camrose Kodiaks | AJHL | 49 | 8 | 16 | 24 | 45 | 16 | 1 | 5 | 6 | 6 | ||
2008—2009 | Camrose Kodiaks | AJHL | 53 | 10 | 19 | 29 | 123 | 10 | 1 | 6 | 7 | 12 | ||
2009—2010 | University of Minnesota Duluth | WCHA | 36 | 1 | 10 | 11 | 49 | — | — | — | — | — | ||
2010—2011 | University of Minnesota Duluth | WCHA | 17 | 1 | 12 | 13 | 8 | — | — | — | — | — | ||
2010—2011 | Rockford IceHogs | AHL | 42 | 0 | 4 | 4 | 10 | — | — | — | — | — | ||
2011—2012 | Rockford IceHogs | AHL | 44 | 4 | 3 | 7 | 44 | — | — | — | — | — | ||
2011—2012 | Chicago Blackhawks | NHL | 28 | 0 | 1 | 1 | 6 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
2012—2013 | Rockford IceHogs | AHL | 50 | 2 | 9 | 11 | 27 | — | — | — | — | — | ||
2013—2014 | Rockford IceHogs | AHL | 16 | 0 | 8 | 8 | 8 | — | — | — | — | — | ||
2013—2014 | San Antonio Rampage | AHL | 4 | 1 | 1 | 2 | 2 | — | — | — | — | — | ||
2013—2014 | Florida Panthers | NHL | 44 | 3 | 9 | 12 | 8 | — | — | — | — | — | ||
2014—2015 | Florida Panthers | NHL | 44 | 2 | 6 | 8 | 20 | — | — | — | — | — | ||
2014—2015 | San Antonio Rampage | AHL | 12 | 1 | 2 | 3 | 22 | 2 | 1 | 0 | 1 | 2 | ||
2015—2016 | Florida Panthers | NHL | 8 | 0 | 1 | 1 | 2 | — | — | — | — | — | ||
2015—2016 | Portland Pirates | AHL | 47 | 5 | 11 | 16 | 12 | 4 | 0 | 0 | 0 | 2 | ||
2016—2017 | Nanton Palominos | RHL | 6 | 1 | 4 | 5 | 0 | — | — | — | — | — | ||
2017—2018 | Adirondack Thunder | ECHL | 50 | 5 | 18 | 23 | 14 | 17 | 1 | 6 | 7 | 0 | ||
2017—2018 | Binghamton Devils | AHL | 7 | 0 | 1 | 1 | 8 | — | — | — | — | — | ||
2018—2019 | Nottingham Panthers | EIHL | 46 | 8 | 11 | 19 | 49 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
2019—2020 | HK Nitra | Slovak | 21 | 0 | 2 | 2 | 22 | — | — | — | — | — | ||
2019—2020 | South Carolina Stingrays | ECHL | 9 | 0 | 1 | 1 | 0 | — | — | — | — | — | ||
2019—2020 | Wichita Thunder | ECHL | 4 | 0 | 3 | 3 | 0 | — | — | — | — | — | ||
2021—2022 | Wichita Thunder | ECHL | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | — | — | ||
NHL jami | 124 | 5 | 17 | 22 | 36 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Staff. „Sweden Defeats Canada in Shootout to Win Pool B“. TSN (2010-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2010-yil 31-dekabr.
- ↑ „Kris Versteeg returns to Blackhawks in trade from Panthers“. National Hockey League (2013-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2013-yil 14-noyabr.
- ↑ „Flames reduce roster by 21“. Calgary Flames (2017-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Olsen brings NHL experience to Adirondack“. ECHL.com. ECHL (2017-yil 13-oktyabr). 2017-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-dekabr.
- ↑ „Welcome to Nottingham Dylan Olsen“. Nottingham Panthers (2018-yil 31-may). 2018-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-may.
- ↑ „Rays sign former NHL defenseman Dylan Olsen“. South Carolina Stingrays (2020-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 15-yanvar.