Kontent qismiga oʻtish

EFootball

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
EFootball
Yaratgan dasturchisi (firmasi) Konami Digital Entertainment
Dastlabki foydalanishga
chiqarilishi
  • Windows, PlayStation 4, PlayStation 5, Xbox One, Xbox Series X/S
  • 30 September 2021
  • Android, iOS
  • 2 June 2022
Dasturiy ta'minot Unreal Engine 4
Platforma
Turi Sports
Veb sayt konami.com/efootball/en/

eFootball — bu Konami tomonidan ishlab chiqilgan va nashr etilgan futbol video oʻyini seriyasi. Bu oʻyin seriyasining avvalgi nomi Pro Evolution Soccer (Yaponiyada Winning Eleven nomi bilan tanilgan) edi, yangilangan seriyadan keyin eFootballga toʻliq rebrending qilindi keyin bepul oʻynaladigan oʻyin boʻldi[1]. Seriyaning EFootball 2022 deb nomlangan birinchi oʻyini 2021-yil 30-sentabrda chiqarilgan. Ushbu oʻyin IESF Jahon chempionati va Shimoliy va Sharqiy Yevropa Ligasi (NEEC) ning bir qismidir.

Ishga tushirilganda eFootball oʻzining grafikasi, boshqaruvi va mazmuni yoʻqligi uchun tanqidchilar tomonidan salbiy baholandi..

2021-yil 21-iyulda Konami oʻyinga yangiliklar kiritdi va uning yangi olti daqiqalik trayler videosini chiqardi[2]. Eʼlonda Pro Evolution Soccer brendi bekor qilindi[3].

Oʻyin 2021-yil 30-sentabrda PlayStation 4, PlayStation 5, Microsoft Windows, Xbox One va Xbox Series Xda chiqarildi[4][2]. U franchayzada birinchi marta Unreal Engine 4 yordamida qurildi[5].

2021-yil 8-oktabrda Konami 2021-yil 28-oktabrda oʻyin muammolari tuzatilgan yangi yangilanishni chiqarishini eʼlon qildi[6]. Yangilash kechiktirildi va nashr 2021-yil noyabriga qoldirildi[7]. Keyin Konami 5-noyabrda 0.9.1 yangilanishini[8] ishga tushirdi va 1.0 yangilanishining chiqarilishi 2022- yilning bahorigacha kechiktirilganini eʼlon qildi[9]. eFootball 2022 ning 1.0.0 versiyasi nihoyat 2022-yil 6-aprelda eʼlon qilindi, chiqish sanasi 2022-yil 14-aprelga reja qilindi[10].

2022-yil 31-may kuni Konami 2022-yilning qolgan qismidan 2023-yilgacha Master-liga kabi xususiyatlar va oflayn rejimda foydalanish mumkin boʻlgan jamoalar soni boʻyicha yoʻl xaritasini eʼlon qildi, ularning barchasi pullik kontent sifatida chiqariladi[11].

Ishga tushirilganda eFootball tanqidchilar va oʻyinchilar tomonidan noroziliklarga sabab boʻlib, ular „vahshiy“ grafika[12], kontentning etishmasligi, laggy dvigatel va nozik boshqaruvlarni tanqid qilishdi[12], 92% salbiy sharhlar bilan u ishga tushirilgandan bir kun oʻtib Steam’da eng yomon baholangan oʻyinga aylandi[13] va Metacritic sharh agregatori boʻyicha 2021-yilning eng past baholi oʻyini.[14] Keyinchalik Konami oʻyindagi koʻplab muammolar uchun uzr soʻradi va uni yaxshilash ustida ishlashlarini aytdi[15]. Ushbu muammolarning aksariyatini hal qilishga qaratilgan yirik „1.0“ yangilanishi 2022-yil 14-aprelda kompyuter va konsollarda chiqarildi va mobil qurilmalar uchun rejalashtirilmadi[16][17].

  1. Joe Skrebels. „PES Has Been Renamed eFootball, and It's Fully Free-to-Play“. IGN (2021-yil 21-iyul). Qaraldi: 2021-yil 22-iyul.
  2. 2,0 2,1 Good. „Pro Evolution Soccer is now simply eFootball — and it's free to play“ (en). Polygon (2021-yil 21-iyul). Qaraldi: 2021-yil 22-iyul.
  3. Stanton, Rich (21 July 2021). „PES is dead, replaced by the F2P 'football platform' eFootball“. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)
  4. @play_eFootball. „Announcing #eFootball 2022 - the official title for our platform's first season! Launching September 30th on consoles and PC fans can finally experience how we have #SetFootballFree Find out more right here: t.co/XGJAKZFGaV t.co/HqQRjjHQuv“ (2021-yil 2-sentyabr).
  5. Skrebels. „How Unreal Engine Helped Turn PES Into eFootball“. IGN (2021-yil 21-iyul). Qaraldi: 2021-yil 4-avgust.
  6. Makuch. „eFootball Update Coming October 28 With Fixes For The Game's Issues“. GameSpot (2021-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 9-oktyabr.
  7. „eFootball Update That Includes Big Fixes Delayed To November“. GameSpot. Qaraldi: 2021-yil 30-oktyabr.
  8. „TOP“.
  9. „eFootball 2022 hit with worst delay yet – next update not out till spring“. Metro (2021-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 5-noyabr.
  10. „Announcements 14/04/2022 v1.0.0 Release Confirmed“. konami (2022-yil 6-aprel). Qaraldi: 2022-yil 6-aprel.
  11. Dinsdale. „eFootball Will Not Get Master League Mode Until 2023, Will Be Paid DLC“ (en). IGN (2022-yil 31-may). Qaraldi: 2022-yil 10-iyul.
  12. 12,0 12,1 Winslow. „Konami's eFootball Is Steam's Most-Hated Game Right Now“ (en-us). Kotaku. 2021-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-sentyabr.
  13. Smith, Graham. „eFootball 2022 is now the worst rated game on Steam“ (en). Rock, Paper, Shotgun (2021-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 30-sentyabr.
  14. „Metacritic: "The 10 Worst Video Games of 2021"“. 2022-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  15. Makuch. „Konami Apologizes For eFootball 2022's Many Issues, Including Wonky Face Scans And PS1-Era NPCs“. GameSpot (2021-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 9-oktyabr.
  16. „Even Konami Agrees With The Criticism About eFootball's Quality“ (en-us). Kotaku. Qaraldi: 2022-yil 7-aprel.
  17. „eFootball PES 2022 Rilis 2 Juni 2022, Pengguna Android dan iOS dapat Downlaod Sekarang!“ (id-id). Vasiota. Qaraldi: 2022-yil 2-iyun.