Kontent qismiga oʻtish

ESPEN

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Klinik ovqatlanish va metabolizm boʻyicha Yevropa uyushmasi
Qisqartirish : ESPEN
Yaratilgan : 1980-yil
Veb-sayt : http://www.espen.org/


Klinik ovqatlanish va metabolizm boʻyicha Yevropa uyushmasi (ESPEN) (inglizcha: European Society for Clinical Nutrition and Metabolism) — parenteral va enteral ovqatlanish masalalari bilan shugʻullanuvchi koʻp soxali tashkilotdir. Rasmiy tili — ingliz tili. Uyushmaning bosh ofisi Lyuksemburgda roʻyxatdan oʻtgan.

Yaratilish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uyushma 1980-yilda Buyuk Britaniyaning Nyukasl shahrida rasman tashkil etilgan. Uyushma tarixi 1979-yilga borib taqaladi, oʻshanda Stokgolmdagi norasmiy xalqaro yigʻilishda metabolizmga bagʻishlangan tashkilot tuzishga qaror qilingan. Oʻtkir kasallik bilan bogʻliq ovqatlanish va metabolizm muammolari boʻyicha fanlararo tadqiqotlar asosida jamiyat yaratishga qaror qilingan. Uyushma dastlab Yevropa parenteral va enteral ovqatlanish jamiyati deb nomlangan (European Society of Parenteral and Enteral Nutrition), shuning uchun ESPEN qisqartmasini olgan. Bu klinik ovqatlanishni oʻrgangan birinchi ilmiy jamiyat edi. 1966-yilda Xalqaro Parenteral Ovqatlantirish Jamiyati (ISPN) 50-60-yillarda parenteral ovqatlanishning jadal rivojlanishi bilan bogʻliq ilmiy natijalarni muhokama qilish uchun tashkil etilgan. 60-yillardagi AQShda parenteral ovqatlanishning rivojlanishi va tarqalishi 1977-yilda Amerika Parenteral va Enteral Oziqlantirish Jamiyatining (ASPEN) yaratilishiga olib kelgan.

Uyushma maqsadlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Fundamental va klinik tadqiqotlar oʻtkazish;
  • Bemorlarga klinik yordamning koʻrsatilishi va unung sifati boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.[1]

Uyushma faoliyati soxasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Klinik tadqiqotlarni amalga oshirish;
  • Yillik mukofotlashda yosh tadqiqotchilarga yordam berish va ragʻbatlantirish;
  • Turli ilmiy tadbirlarni tashkil etish[2];
  • Kitoblar, monografiyalar va jurnallarni nashr etish;
  • Maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish;
  • Klinik ovqatlanish masalalari boʻyicha davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etish.

Uyushma tadbirlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yillik xalqaro kongress Yevropaning turli shaharlarida boʻlib oʻtadi, unda dunyoning 82 davlatidan 3000 ga yaqin ishtirokchi qatnashadi. ESPEN klinik ovqatlanish va organizmdagi metabolizm jarayonlar haqidagi bilimlarni tarqatish va amaliyotda qoʻllashga har tomonlama hissa qoʻshadi. Assotsiatsiya tomonidan oʻtkaziladigan yillik kongresslarda shifokorlarga ESPENning soʻnggi klinik tadqiqotlari va ilmiy ishlanmalari haqida soʻzlab beriladi, qoʻshma taʼlim dasturlari amalga oshirilmoqda: har qanday mutaxassis „Ovqatlanish va metabolizm“ (European Society of Parenteral and Enteral Nutrition) mutaxassisligi boʻyicha ESPEN bazasida malaka oshirish kurslarini tamomlashi mumkin.

ESPENning rasmiy nashrlari quyidagilar hisoblanadi:

ESPEN ning klinik ovqatlanish boʻyicha koʻrsatmalari turli ixtisoslikdagi shifokorlarga har bir bemor uchun ovqatlanishni qoʻllab-quvvatlash dasturlari boʻyicha eng yaxshi qarorlarni qabul qilish va davolashning eng yaxshi natijalariga erishish imkonini beruvchi juda foydali va muhim vositadir. Tavsiyalar Yevropa mamlakatlari mutaxassislarining umumlashtirilgan tajribasini ifodalaydi, ular asosida butun dunyo shifokorlari oʻz mamlakatlarida standartlarni ishlab chiqadilar.

ESPEN aʼzolari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turli mamlakatlardagi ESPEN faoliyati mahalliy parenteral va enteral ovqatlanish jamiyatlari tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. 2011-yilda 25 ta mahalliy jamiyatlar eʼlon qilingan:

Rossiyada ham shunga oʻxshash tashkilot mavjud — Rossiyaning „Paenteral va enteral ovqatlanish jamiyati“ uyushmasi. Rossiya uyushmasi ESPEN bilan yaqin hamkorlik qilib, mahalliy tibbiy yordam tizimini jahon standartlariga moslashtirishga harakat qilmoqda.

  • Klinik ovqatlanish
  • parenteral oziqlantirish
  • Enteral oziqlanish
  • Klinik ovqatlanish kuni
  • Remi Meyer