E pluribus unum
E pluribus unum (/iː ˈplɜːrɪbəs ˈuːnəm/ ee PLUR-ib-əs OO-nəm, klassik lotincha: [eː ˈpluːrɪbʊs ˈuːnʊ̃], lotincha talaffuz: [e ˈpluribus ˈunum]) – lotincha Koʻplarning biri[1][2] (shuningdek, „Koʻpdan biri“[3] yoki „Koʻpdan bir“[4] deb tarjima qilingan) – anʼanaviy shior. Amerika Qoʻshma Shtatlarining Buyuk muhrida Annuit cœptis (lotincha „u majburiyatni tasdiqlaydi“) va Novus ordo seclorum (lotincha „asrlarning yangi tartibi“) shiorlari bilan birga tasvirlangan. Buyuk muhrning orqa tomoniga bu shiorning kiritilishi 1782-yilda Kongress akti bilan tasdiqlangan[2]. Uning milliy shior sifatidagi maqomi koʻp yillar davomida norasmiy boʻlgan boʻlsa-da, E pluribus unum hali ham Amerika Qoʻshma Shtatlari mustaqilligining dastlabki yillaridanoq de-fakto shiori sifatida tanilgan[5]. Oxir-oqibat, Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressi 1956-yilda „In God We Trust“ (Biz Xudoga ishonamiz) jumlasini rasmiy shior sifatida qabul qilingan hujjatni (HJ rezolyutsiyasi 396) rasman qabul qildi[6].
E PLURIBUS UNUM oʻn uchta harfdan iborat boʻlgani sababli uning ishlatilishini AQSh bayrogʻidagi oʻn uchta chiziq kabi oʻn uchta asl koloniyaning ramzi sifatida etirof etishadi.
Shiorning maʼnosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu iboraning maʼnosi dastlabki oʻn uchta mustamlaka birlashmasidan yangi yagona xalq paydo boʻlgan, degan tushuncha asosida kelib chiqadi[8]. U oʻram qogʻoziga yozilgan va Amerika Qoʻshma Shtatlarining Buyuk muhrida burgut tumshugʻiga qisilgan holda tasvirlangan[8][9].
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]13 harfdan iborat shior 1776-yilda Per Eugene du Simitiere tomonidan muhrni ishlab chiqish uchun mas’ul etib tayinlangan qoʻmitaga naʼmuna sifatida taklif qilingan. Amerika inqilobi davrida bu ibora ilk bor, 1731-yilda asos solingan Londonning mashxur jurnallaridan biri Gentlemanʼs Magazine ning sarlavha sahifasida doimiy chop etilgan[10][11]. Mazkur jurnal koʻplab manbalardan foydalangan holda oʻz davrining mashhur maqolalarni bitta davriy nashrga toʻplagan. Bu iboraning qoʻllanish oʻz navbatida, Londonda joylashgan Gugenot Peter Anthony Motteuxga tegishli boʻlib, u oʻzining The Gentlemanʼs Journal yoki The Monthly Miscellany (1692-1694) nomi bilan tanilgan jurnalida bu jumladan koʻp foydalangan. Bu ibora Geraklit haqidagi asar oʻninchi qismining lotincha tarjimasiga oʻxshaydi:"Bir narsa hamma narsadan iborat va hamma narsa bir narsadandan kelib chiqadi". Iboraning bir varianti Virgiliana ilovasiga tegishli boʻlgan „Moretum“ sheʼrida qoʻllanilgan. Bu sheʼr (hech boʻlmaganda yuzaki maʼnoda) zamonaviy pestoga oʻxshash oʻt va pishloqdan tayyorlanadigan moretum deb ataladigan taomni tayyorlash jarayonini tasvirlaydi. Avliyo Avgustin oʻzining „Confessions“ asarida ex pluribus unum facere (koʻp narsadan bir narsa yasa) iborasining boshqacha bir variant sifatida ishlatgan[12]. Ammo bu ibora Sitseronning „De Officiis“ asarida, Pifagorning jamiyat va davlatlarning kelib chiqishi sifatidagi asosiy boʻgʻini oila va ijtimoiy rishtalar deb hisoblangaligi xususidagi munozarasida ham tilga olingan. Mazkur munozaraning bir qismi sifatida aytgan soʻzlar ayni Epluriubus Unum shioriga ishora qilingandek jaranglaydi[13].
Annuit cœptis („U bizning tashabbuslarimizni qoʻllab-quvvatlaydi“) va Novus ordo seclorum („Asrlarning yangi tartibi“) shiorlari katta muhrning orqa tomonida joylashgan boʻlsa, E Pluribus Unum shiori muhrning old tomonida (Charles Thomson tomonidan ishlab chiqilgan dizaynga asosan) joylashgan. Uning tasviri AQShning milliy gerbi sifatida ishlatiladi va pasport kabi rasmiy hujjatlarning jild qismida tasvirlanadi. Shuningdek, bu simbol Prezident muhrida va Amerika Qoʻshma Shtatlar vitse-prezidenti, Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressi, Amerika Qoʻshma Shtatlari Vakillar Palatasi, Amerika Qoʻshma Shtatlari Senati muhrlarida va Amerika Qoʻshma Shtatlari Oliy Sudining muhrida tasvirlangan.
Tangalarda foydalanilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]E pluribus unum shiori boʻlgan birinchi tangalar 1786-yilda Nyu-Jersi shtatining Rahvey shahrida Thomas Goadsby va Albion Cox tomonidan Nyu-Jersi shtati merining ruxsati bilan zarb qilingan[14]. Shiorning Nyu-Jersi bilan bogʻliqligi yoʻq edi, bu shunchaki Walter Mould tomonidan avvalgi yil uchun berilgan muvaffaqiyatsiz federal tangalar takliflaridan biri hisoblanib[15], Walter Mould Nyu-Jersi shtatida ushbu shior bilan shtatning mis tangalarini zarb etishga ham ruxsat olgan. 1787-yil boshida Nyu-Jersi shtatining Morristown shahrida tangalarni zabt etgan. Massachusets shtatidagi Uxbridge shahridan boʻlgan podpolkovnik Seth Read AQSh tangalariga E pluribus unum shiorining yozilishida muhim rol oʻynagan[16]. Seth Read va uning ukasi Joseph Readga 1786-yilda Massachusets Bosh sudi tomonidan mis tangalar ishlab chiqarishga ruxsat berilgan edi. 1786-yilning mart oyida Seth Read Massachusets Bosh sudiga, palataga va Senatga mis hamda kumush tangalar zarb qilish huquqini berishi toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qildi va „bu kelishuvga erishildi“[17][18]. Katta harflar bilan yozilgan E pluribus unum jumlasi koʻpgina AQSh valyutalarida yozilgan, harflar oraligʻidan baʼzi oʻzgarishlar (masalan, dimening reversi) mavjud. Shuningdek, u dollar tangalarining chetida naqshinkor tarzda oʻyib yozilgan.
AQSh gʻaznachiligi maʼlumotlariga koʻra, E pluribus unum shiori birinchi marta 1795-yilda AQSh tangalarini zarb etishda qoʻllanilgan, oʻshanda yarim burgut aks ettirilgan (5 dollarlik oltin) tanganing reversi (teskari tomoni)da Amerika Qoʻshma Shtatlar Buyuk muhrining asosiy belgilari aks etgan. E pluribus unum Buyuk Muhrning burgut tumshugʻidagi oʻram qogʻozida yozilgan. Bu shior 1798-yilda baʼzi kumush tangalarga ham yoziladigan boʻldi va tez orada qimmatbaho metallardan (oltin va kumush) yasalgan barcha tangalarda aks ettirila boshlandi. 1834-yilda tangalarning standart qiymatlari oʻzgarishi sababli avval zarb etilgan oltin tangalarning koʻpchiligi oʻz qiymatini yoʻqotdi. 1837-yilda mazkur ibora kumush tangalarda ham yozilmay qoʻydi, bu qayta koʻrib chiqilgan zarb kodeksi qoidalariga asosan yuz berdi. 1873-yilgi tangalar toʻgʻrisidagi qonun Amerika Qoʻshma Shtatlari tangalaridagi yozuvni qonun talabiga mos boʻlishi lozimligi haqida edi. E pluribus unum hozirda ishlab chiqarilayotgan barcha AQSH tangalarida, shu jumladan 2007-yilda ishlab chiqarila boshlagan Prezident dollarlarida ham aks ettirilgan, uning chetida „In God We Trust“ jumlasi, kupyura chiqarilgan yil va zarb belgisi tasvirlangan. Inqilobdan soʻng, Nyu-Jersi shtatidagi Rahway E pluribus unum yozuvi tushirilgan tanga zarb etgan birinchi milliy zarbxonaga aylandi.
2007-yilning boshida sifat nazorati xatosi sabbali Filadelfiya zarbxonasi chetida E pluribus unum jumlalari yozilmagan bir necha dollarlik tangalarni zabt etdi. Bu tangalar oʻshandan beri kolleksiyanerlar toʻplamlaridan joy egallagan.
2009 va 2010-yilda zabt etilgan pennilar reversi (orqa tomoni) yangi dizaynda yaratilgan boʻlib, unda oldingi yillarga qaragan nisbatan kattaroq harflar bilan E pluribus unum iborasi aks ettirilgan[1].
Boshqa oʻrinlarda foydalanilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bu shior koʻpchilik Amerika tangalarida uchraydi.
- Shior Amerika Qoʻshma Shtatlari Senati palatasida tribuna yuqori qismida yozilgan.
- Bu shior Amerika Qoʻshma Shtatlari Vakillik Palatasi va Amerika Qoʻshma Shtatlari Senatining bayroqlari va muhrlarida aks ettirilgan.
- Shior Amerika Qoʻshma Shtatlari armiyasining xizmat belgisidan joy olgan.
- Shior Michigan, Nyu York, Shimoliy Dakota va Viskonsin shtatlari bayroqlarida ham yozilgan.
- Shior Amerika Qoʻshma Shtatlari Golf Assotsiatsiyasi logotipida aks ettirilgan.
- Bu shior Shire of Boulia logotipida, (Kvinslend, Avstraliyada) yozilgan.
- E pluribus unum shiori Portugaliyaning SL Benfika sport klubi tomonidan qoʻllanadi.
- Bu shior Stanislaw Lemning Eden romanida ham ishlatilgan (doktor aytib oʻtgan).
- Ushbu shior 1918-yildan beri Estoniya mudofaa kuchlarining professional piyodalar bataloni Scoutspataljon tomonidan ham qoʻllaniladi.
- Bu shior Braziliyaning Mongagua shahri gerbida aks ettirilgan.
- Shiorning bir varianti unum e pluribus Angliyaning Berkshire shahridagi Wokingham tumanida qoʻllanadi[19].
- E Pluribus Unum – bastakor Fred Jewell tomonidan 1917-yilda Birinchi jahon urushi paytida yozilgan marsh qoʻshigʻi nomi.
- „E unibus pluram“ – David Foster Wallacening 1996-yildagi kitobining sarlavhasi boʻlib, u A Supposedly Fun Thing I’ll Never Do Again toʻplamida keltirilgan.
- 2001-yilda, 11-sentyabr hujumlaridan soʻng, Reklamalar Kengashi va Texas reklama agentligi GSD&M mashhur davlat xizmati eʼlonini ishga tushirdi, unda etnik jihatdan xilma-xil odamlar „Men amerikalikman“ degan jumlalarni aytdilar. Rolik soʻnggiga yaqin qora ekran paydo boʻlib, ostida inglizcha tarjimasi bilan E pluribus unum iborasi titr qatorlarida chiqarildi[20].
- Ish beruvchisi bilan Vashingtonga sayohat qilgan hind xizmatkori haqidagi „Out of many, one“ hikoyasi V. S. Naipoulning 1971-yilda In a Free State romaniga kiritilgan.
- E Pluribus Unum – Stranger things filmi 3-faslining oltinchi epizodi nomi.
- E Pluribus Unum – Fate/Grand Order oʻyinidagi beshinchi oʻziga xos qahramonning nomi.
- E Pluribus Unum – Burscough Priory Akademiyasining shiori.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „E Pluribus Unum“. treasury.gov. Qaraldi: 2012-yil 29-mart.
- ↑ 2,0 2,1 „E Pluribus Unum - Origin and Meaning of the Motto Carried by the American Eagle“. Greatseal.com (2011-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 28-aprel.
- ↑ „E Pluribus Unum 2“. Collins English Dictionary: Complete & Unabridged 10th Edition. HarperCollins. Qaraldi: 2012-yil 23-dekabr.
- ↑ „E Pluribus Unum“. 2012-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-avgust.
- ↑ Bittker, Boris. Religion and the State in American Law. Cambridge University Press, 2015 — 136-bet. ISBN 9781107071827.
- ↑ „Text of H.J.Res. 396 (84th): Joint resolution to establish a national motto of the United States (Passed Congress version) - GovTrack.us“. GovTrack.us.
- ↑ Beans, Bruce E.. Eagle's Plume: The Struggle to Preserve the Life and Haunts of America's Bald Eagle. University of Nebraska Press, 1997 — 58-bet. ISBN 9780803261426. Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar.
- ↑ 8,0 8,1 The Great Seal of the United States – U. S. Department of State, Bureau of Public Affairs (Page: 6)
- ↑ E. Beans, Bruce. Eagle's Plume: The Struggle to Preserve the Life and Haunts of America's, January 1997. ISBN 9780803261426. Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar.
- ↑ "The Gentleman's Magazine". Encyclopædia Britannica. https://www.britannica.com/EBchecked/topic/229387/The-Gentlemans-Magazine.
- ↑ "[Title page"]. The Gentleman's Magazine, and Historical Chronicle 46. 1776. https://books.google.com/books?id=MXfPAAAAMAAJ.
- ↑ Book IV, section 8.13.
- ↑ Cicero, Marcus Tullius. De Officiis. Book 1, Section 56: Project Gutenberg.
- ↑ Q. David Bowers. Whitman Encyclopedia of Colonial and Early American Coins. (Atlanta: Whitman Publishing, 2009) p. 129
- ↑ Walter Breen. Complete Encyclopedia of US and Colonial Coins. (New York: FCI Press; Doubleday, 1998) p. 78
- ↑ „Resource center faqs/coins accessed 2011-06-27“. Treasury.gov. Qaraldi: 2012-yil 3-mart.
- ↑ „Massachusetts Coppers 1787-1788: Introduction“. University of Notre Dame. Qaraldi: 2007-yil 9-oktyabr.
- ↑ March, 1786 Petition to mint Massachusetts Coppers, source Google books, 1916. Qaraldi: 2012-yil 3-mart.
- ↑ „The Wokingham Borough Coat of Arms“. Wokingham Borough. Qaraldi: 2014-yil 13-iyun.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „I am an American“. Ad Council/GSD&M. 2011-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-yanvar.