Economic Sanctions Reconsidered
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Muallif(lar) |
Gary Clyde Hufbauer Jeffrey J. Schott Kimberly Ann Elliott Barbara Oegg (3-nashr) |
---|---|
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | iqtisod |
Nashriyot | Xalqaro iqtisod instituti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1984 |
ISBN |
ISBN 978-0262081399 (1-nashr) ISBN 978-0881321401 (2-nashr) ISBN 978-0881322682 (3-nashr) |
„Economic Sanctions Reconsidered“ („Iqtisodiy sanksiyalarga qayta nazar“), birinchi va ikkinchi nashrlar „Economic Sanctions Reconsidered: History and Current Policy“ („Iqtisodiy sanksiyalarga qayta nazar: Tarix va hozirgi siyosat“) deb nomlanadi — amerikalik iqtisodchilar Gary Clyde Hufbauer, Jeffrey J. Schott, Kimberly Ann Elliott hamda Barbara Oegg qalamiga mansub iqtisodiy sanksiyalar boʻyicha kitob. Ilk bor 1984-yil Washington shahrida Xalqaro iqtisod institutida chop etilgan. 1990-yil ikkinchi nashri, 1999-yil uchinchi nashri chop etilgan. Har bir nashrning oʻzi bir necha marta chop etilgan.
Nashrlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Birinchi nashr
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kitobning birinchi nashri „Economic Sanctions Reconsidered: History and Current Policy“ („Iqtisodiy sanksiyalarga qayta nazar: Tarix va hozirgi siyosat“) deb nomlanadi. Mazkur nashr 1984-yil Washington shahrida Xalqaro iqtisod institutida chop etilgan. Ilk nashrni Gary Clyde Hufbauer, Jeffrey J. Schott hamda Kimberly Ann Elliott yozgan. Ushbu nashr 1985-yil qayta chop etilgan.
Ikkinchi nashr
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kitobning ikkinchi nashri ham „Economic Sanctions Reconsidered: History and Current Policy“ („Iqtisodiy sanksiyalarga qayta nazar: Tarix va hozirgi siyosat“) deb nomlanadi. Mazkur nashr 1990-yil Washington shahrida Xalqaro iqtisod institutida chop etilgan. Mazkur nashrni Gary Clyde Hufbauer, Jeffrey J. Schott hamda Kimberly Ann Elliott yozgan. Ushbu nashr 1991-, 1993-yillarda qayta chop etilgan.
Uchinchi nashr
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kitobning uchinchi nashri „Economic Sanctions Reconsidered“ („Iqtisodiy sanksiyalarga qayta nazar“) deb nomlanadi. Mazkur nashr 1999-yil Washington shahrida Xalqaro iqtisod institutida chop etilgan. Mazkur nashrni Gary Clyde Hufbauer, Jeffrey J. Schott hamda Kimberly Ann Elliott yozgan. Qayta ishlangan versiyalariga Barbara Oegg ham mualliflik qilgan. Ushbu nashr 2000-, 2001-, 2002-, 2006-, 2007- hamda 2009-yillarda qayta chop etilgan. Uchinchi nashrning ayrim versiyalari uchun statistik maʼlumotlar keltirilgan CD-ROM tayyorlangan.