Edgar Pacheco

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Edgar Iván Pacheco Rodríguez (talaffuzi: Edgar Ivan Pacheco Rodriguez; 1990-yil 22-yanvarda Meksikaning Gvadalaxara shahrida tugʻilgan) — meksikalik futbolchi, „Antigua Guatemala“ futbol klubi va Meksika terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Edgar Pacheco
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Edgar Iván Pacheco Rodríguez
Tavallud sanasi 22-yanvar 1990-yil (1990-01-22) (34 yosh)
Tavallud joyi Guadalajara, Jalisco, Meksika
Boʻyi 1.73 m
Ampluasi hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2011 Atlas 87
2011—2015 Tigres UANL 16 (0)
2012—2013 → León (ijara) 9 (1)
2014 → Zacatecas (ijara) 14 (1)
2015 → Querétaro (ijara) 11 (1)
2015 → Juárez (ijara) 22 (4)
2016 Gangwon FC 1 (0)
2016—2017 Al-Najma 15 (4)
2017—2018 Ermis Aradippou 16 (1)
2018 Doxa Katokopias 0 (0)
Milliy terma jamoa
2011 Meksika U23 4 (0)
2009—2011 Meksika 5 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(29-iyul 2020-yil uchun)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Edgar Pacheco „Atlas“ futbol akademiyasining bitiruvchisi. 2008-yil 20-yanvarda Edgar Pacheco Meksika Primerasida „Toluca“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan. Yangi murabbiy kelishi bilan Edgar Pacheco koʻproq harakat qila boshlagan va asta-sekin jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylangan. 19-oktabr kuni „Necaxa“ futbol klubiga qarshi bahsda Edgar Pacheco klub safida birinchi golini raqib darvozasiga kiritgan[1]. 2010-yil 31-yanvarda „Santos Laguna“ futbol klubiga qarshi oʻyinda jamoa darvozaboni oʻrniga maydonga tushgan. 2011-yilning iyun oyida baʼzi Yevropa jamoalari Edgar Pacheconi sotib olishga qiziqish bildirishgan[2]. Faoliyatini davom ettirish uchun eng eng munosib jamoa deb portugaliyaning „Benfica“ futbol klubini tanlagan[3].

2011-yil 2-iyunda Edgar Pacheco „UANL Tigres“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[4]. Transfer summasi 4 million dollarni tashkil qilgan. 30-iyul kuni „Querétaro“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u 76-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan va shu tariqa yangi klubda debyut qilgan[5].

2012-yilning yozida Edgar Pacheco doimiy oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun ijara asosida „León“ futbol klubiga oʻtgan. 28-iyul kuni „Tijuana“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „León“ futbol klubi safida debyut qilgan[6]. 2013-yilning 28-aprelida „Atlanta“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Edgar Pacheco ilk golini raqib darvozasiga kiritgan[7]. 2014-yilning yozida Edgar Pacheco „Mineros de Zacatecas“ futbol klubi safida yarim yil ijara asosida oʻynagan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil 30-sentabrda Edgar Pacheco Kolumbiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Meksika terma jamoasi safida debyut qilgan[8]. 2011-yilning 9-fevralida Bosniya va Gersegovina terma jamoasiga qarshi kechgan bahsda u terma jamoadagi ilk golini urgan[9].

2011-yilda Edgar Pacheco jamoada yuz bergan janjal tufayli 8 nafar futbolchi terma jamoadan chetlatilishi sababli, Amerika kubogida ishtirok etish uchun terma jamoaga chaqirilgan[10][11]. Turnirda Edgar Pacheco Chili, Peru va Urugvay jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[12].

Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mamlakat Mavsum
Atlas Meksika bayrogʻi Meksika 2008—2011
Tigres UANL Meksika bayrogʻi Meksika 2011—2012
León Meksika bayrogʻi Meksika 2012—2013
Tigres UANL Meksika bayrogʻi Meksika 2013—2014
Mineros de Zacatecas Meksika bayrogʻi Meksika 2014—2015
Querétaro Meksika bayrogʻi Meksika 2015
Júarez Meksika bayrogʻi Meksika 2015—2016
Gangwon Meksika bayrogʻi Meksika 2016
Al-Najma Bahrein 2016—2017
Ermis Aradippou Chipre 2016—2017
Doxa Katokopias Chipre 2017
Sabail FK Chipre 2018—2019
Antigua GFC Guatemala 2019
Valletta Football Club Malta 2020

Meksika safidagi gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2011-yil 9-fevral Georgia House, Atlanta, Amerika Qoʻshma Shtatlari Bosniya va Gertsegovina 2 :0 2 :0 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Некакса VS. Атлас 0:1“. 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-may 2013-yil.
  2. „En Europa queren a Pacheco, pero no hay nada firme“[sayt ishlamaydi]. Informador.com.mx. Retrieved 20 June 2011.
  3. „Edgar Pacheco é alvo encarnado“[sayt ishlamaydi] . Abola (in Portuguese). Retrieved 21 May 2011.
  4. „Es oficial: Atlas vende a Édgar Pacheco a Tigres por cuatro millones“: Goal.com (Spanish). Retrieved 2 June 2011.
  5. „Pacheco está contento por su debut con Tigres“[sayt ishlamaydi]. Record.com.mx. Retrieved 1 August 2011.
  6. „Леон VS. Тихуана 4:0“ (ruscha). soccerway.com (21-iyul 2013-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-may 2013-yil.
  7. „Леон VS. Атланте 1:0“ (ruscha). soccerway.com (28-aprel 2013-yil). 3-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-fevral 2015-yil.
  8. „Мексика VS. Колумбия 1:2“ (ruscha). soccerway.com (30-sentabr 2009-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-fevral 2015-yil.
  9. „Мексика VS. Босния и Герцеговина 2:0“ (ruscha). soccerway.com (9-fevral 2011-yil). 27-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-fevral 2015-yil.
  10. „Чили VS. Мексика 2:1“ (ruscha). soccerway.com (5-iyul 2011-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-fevral 2015-yil.
  11. „Перу VS. Мексика 1:0“ (ruscha). soccerway.com (9-iyul 2011-yil). 3-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-fevral 2015-yil.
  12. „Уругвай VS. Мексика 1:0“ (ruscha). soccerway.com (13-iyul 2011-yil). 2-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-fevral 2015-yil.