Kontent qismiga oʻtish

Edgar Patrício de Carvalho Pacheco

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Edgar Pacheco
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Edgar Patrício de Carvalho Pacheco
Tavallud sanasi 7-avgust 1977-yil (1977-08-07) (47 yosh)
Tavallud joyi Luanda, Angola
Boʻyi 1.86 m
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1990–1995 Benfica
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1995–1998 Benfica 48 (6)
1997  Alverca 16 (2)
1998 Real Madrid 0 (0)
1998–2007 Málaga 202 (20)
2003  Getafe 19 (1)
2007–2008 Boavista 7 (0)
2008–2009 Alki Larnaca 12 (0)
Milliy terma jamoa
1993 Portugal U15 4 (2)
1993–1994 Portugal U16 21 (3)
1994 Portugal U17 4 (2)
1994–1996 Portugal U18 11 (1)
1997–1998 Portugal U20 11 (2)
1995–1999 Portugal U21 25 (3)
2001 Portugal B 2 (0)
1998 Portugal 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)


Edgar Patrício de Carvalho Pacheco (1977-yil 7-avgust), sobiq futbolchi. Angolada tugʻilgan boʻlsa-da, Portugaliya milliy terma jamoasi safida oʻynagan.

Edgar 18 yoshida „Benfika“ safida oʻz debyutini oʻyinini oʻtkazadi, klubda muntazam oʻynamaydi va keyingi faoliyatining asosiy qismini Ispaniyada, „Málaga CF“ klubida oʻtkazdi.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Edgar Angolaning Luanda shahrida tugʻilgan, SL Benfika yoshlar akademiyasining tarbiyalanuvchisi. Edgar 1995-yil 26-avgustda 18 yoshida asosiy jamoada debyut oʻyini FC Tirsensega qarshi safardagi oʻyinda oʻtkazdi[1]. Oʻsha uchrashuvda Edgar 45 daqiqa maydonada toʻp surdi va jamoasining 1:0 hisobidagi gʻalabasiga hissa qoʻshdi. Edgar oʻzining birinchi mavsumini 21 ta oʻyin va ikkita gol bilan yakunlaydi. Edgar oʻz faoliyati davomida muntazam ravishda oʻyinga tushirilgan, ammo koʻpincha zaxiradan maydonga tushirilgan. Bundan tashqari, ikkinchi divizionda zahira jamoasi vazifasini bajargan F. C. Alverca klubida olti oylik ijara asosida oʻynagan.

1998-yilning yozida Edgar „Real Madrid“ klubiga oʻtgan, ammo La Ligada jamoasi tarkibida oʻyin oʻtkazmagan[1]. Edgar keyingi sakkiz yilni Ispaniyada oʻtkazdi va asosan Malaga CF klubida oʻynagan. Edgor 2002-03-yilgi mavsumda ikkinchi divizionda toʻrt oy davomida Getafe CF klubiga ijaraga berilgan edi[1][2].

Edgar Andalusiyaliklar jamoasida asosiy hujumchi sifatida oʻynadi. Edgar vatandoshlari Duda bilan toʻrt va Litos bilan besh mavsumni birga oʻtkazib, oxir-oqibat barcha musobaqalarda jami 218 ta oʻyinda ishtirok etdi. Shuningdek, Edgar jamoaning birinchi mavsumidayoq oliy ligaga koʻtarilishiga hissa qoʻshdi[3][4][1].

Edgar 2007-08-yilgi mavsumda Portugaliyaga qaytib keldi va Boavista FC bilan muvaffaqiyatsiz mavsumni boshdan kechirdi. Edgar atigi yettita oʻyinda maydonga tushdi va klub qoidabuzarliklar tufayli Primeira Ligadan quyi ligaga tushib ketdi. Edgar Kiprning Alki Larnaca FC klubi bilan shartnoma imzoladi. Biroq, bir mavsumdan soʻng jamoadan ketishga majbur boʻldi va 31 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi[1].

Milliy terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Edgar Angolada tugʻilgan, uning otasi portugaliyalik onasi esa angolalik edi, yoshligida Portugaliyaga koʻchib oʻtgan. Edgar Portugaliya milliy terma jamoasi safida oʻynagan. 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasida 25 ta oʻyin oʻtkazgan va 1998-yil 19-avgustda Mozambikka qarshi asosiy tarkibda birinchi va oxirgi marta maydonga tushgan[1].

Keyinchalik, 2004-yil dekabr oyida Edgarning Angola milliy terma jamoasi tarkibida oʻynash uchun taqdim etgan arizasi rad etildi, chunki Edgar allaqachon Portugaliya milliy terma jamoasi safida chiqish qilgan edi[5].

Benfica

  • Taça de Portugal: 1995-96 yillar

Malaga

  • UEFA Intertoto kubogi: 2002
  • Segunda División 1998-99
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Simões de Abreu, Alexandra. „Edgar: "Quando o Ayrton Senna morreu, estava no Europeu de sub-16 e tive de levantar-me da mesa para ir para o meu quarto chorar"“ (Portuguese). Expresso (15 1april 2018). Qaraldi: 2020-yil 27-aprel.
  2. „El Málaga ficha a Contreras y Edgar“ (Spanish). El País (1999-yil 18-iyul). Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.
  3. Montero, Mario. „Edgar y Duda, los pilares del Málaga del futuro“ (Spanish). Diario AS (2003-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 16-iyun.
  4. Malo, José L.. „El gol del Málaga lleva acento luso“ (Spanish). Diario AS (2003-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 16-iyun.
  5. Glesson. „Edgar seeks Angola switch“. BBC Sport (2004-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2007-yil 5-avgust.