Kontent qismiga oʻtish

Edmond de Goncourt

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gonkur (Goncourt), aka-uka Edmon (1822.26.5, Nansi - 1896.16.7, Shanprose) va Jyul (1830.17.12 — Parij — 1870.20.6) — fransuz yozuvchilari. Ularning ijodiy hamkorligi jahon adabiyotining oʻziga xos hodisasi sifatida eʼtirof etilgan. Fransuz hayotining turli tabaqalaridan olingan romanlari ("Jermini Laserti", 1865; "Rene Mopren", 1864 va b.)da realizm va naturalizm tamoyillari birlashtirilgan. "Kundalik" (1956—58-yillarda toʻla bosilgan) — Parij adabiy, teatr hayotining solnomasidir. Ukasi vafot etgach, Edmon "Aka-uka Zemganno" (1870), "Aktrisa Fosten" (1882) va b. romanlar yozgan. Uning vasiyati bilan 1896-yilda Gonkur akademiyasiga asos solingan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil