Efthymis Koulouris
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 6-mart 1996-yil | ||
Tavallud joyi | Skydra, Gretsiya | ||
Boʻyi | 1.86 m | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | LASK | ||
Raqami | 20 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2005—2013 | PAOK Academy | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2013—2019 | PAOK FC | 55 | (9) |
2015—2016 | → Anorthosis Famagusta FC (ijara) | 22 | (6) |
2018—2019 | → Atromitos (ijara) | 28 | (19) |
2019—2021 | Toulouse | 32 | (4) |
2021—2022 | Atromitos | 32 | (14) |
2022— | LASK | 13 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2011 | Gretsiya U17 | 8 | (3) |
2012 | Gretsiya U18 | 4 | (1) |
2013—2015 | Gretsiya U19 | 22 | (4) |
2016—2018 | Gretsiya U21 | 18 | (7) |
2018— | Gretsiya | 18 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (30-oktyabr uchun) |
Efthymis Koulouris (talaffuzi: Eftimis Koulouris; 1996-yil 6-martda Gretsiyada tugʻilgan) — yunon futbolchisi, „Toulouse“ futbol klubi va Gretsiya terma jamoasi hujumchisi.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koulouris „PAOK“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2014-yil 13-fevral kuni Gretsiya kubogi doirasida „Apollon Smyrnis“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Efthymis asosiy tarkibda debyut qilgan[1]. 16-fevral kuni „Asteras Tripolis“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Gretsiya Superligasida debyut qilgan[2]. 30-mart kuni „Kalloni“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Kourulis „PAOK“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan[3].
2015-yilning yozida Efthymis ijara asosida oʻynash uchun, Kiprning „Anorthosis“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. 28-sentyabr kuni „Doxa“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Kipr chempionatida debyut qilgan[4]. 1-noyabr kuni „Pafos“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Kurulis „Anorthosis“ futbol klubi safida ilk golini urgan[5]. Ijara muddati tugagach, u „PAOK“ futbol klubiga qaytgan.
2017-yilda Kurulis klubga Gretsiya kubogini yutishda yordam bergan.
2021-yil 22 iyunda, u „Tuluza“ futbol klubi tomonidan transferga qaytgach, u ikki yillik shartnoma tuzib avvalgi klubi „Atromitos“ futbol klubiga qaytgan. 2021-yil 21-noyabr kuni „Atromitos“ raqibi „PAOK“ futbol klubini 2:0 hisobida mag‘lub etgan. Koulouris 45-daqiqada Xuan Munizning uzatmasidan so‘ng hisobni ochgan bo‘lsa, 68-daqiqada penaltidan gol urgan. Bu bahsda futbolchi oʻyinning eng yaxshi odami deb topilgan. 2021-yil 4-dekabrda u „Apollon Smyrnis“ futbol klubiga qarshi o‘yinda dubl qayd etib, klubning quyi ligaga tushib ketmaslik uchun urinishlarida muhim g‘alabaga erishgan. 2021-yil 10-fevralda u „Lamia“ futbol klubiga qarshi o‘yinda dublga erishgan. 2022-yilning 28-fevralida „Apollon Smyrnis“ga qarshi safar oʻyinida yana dubl qayd etgan. Bir hafta oʻtgach, „Volos“ futbol klubiga qarshi oʻyinning soʻnggi daqiqasida boshi bilan gol urgan.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yilda Kurulis Gretsiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Gretsiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Ukraina, Fransiya, Rossiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[6][7][8].
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Xalqaro turnir | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
PAOK | 2013—2014 | 9 | 1 | 2 | 2 | — | — | 11 | 3 | ||
2014—2015 | 14 | 0 | 1 | 0 | — | — | 15 | 0 | |||
2015—2016 | — | — | — | 4 | 0 | 4 | 0 | ||||
2016—2017 | 19 | 5 | 7 | 1 | — | 6 | 0 | 32 | 6 | ||
2017—2018 | 13 | 3 | 7 | 2 | — | 4 | 0 | 21 | 5 | ||
Jami | 55 | 9 | 17 | 5 | — | 11 | 0 | 83 | 14 | ||
Anorthosis (ijara) | 2015—2016 | 21 | 6 | 4 | 7 | — | — | 25 | 13 | ||
Atromitos (ijara) | 2018—2019 | 28 | 19 | 5 | 5 | — | 2 | 1 | 35 | 25 | |
Toulouse | 2019—2020 | 24 | 4 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | 25 | 4 | |
2020—2021 | 8 | 0 | 5 | 0 | — | — | 13 | 0 | |||
Jami | 32 | 4 | 6 | 0 | 1 | 0 | — | 39 | 4 | ||
Atromitos | 2021—2022 | 32 | 14 | 1 | 0 | — | — | 33 | 14 | ||
Umumiy faoliyatida | 167 | 52 | 33 | 17 | 1 | 0 | 13 | 1 | 216 | 70 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Аполлон Смирнис VS. ПАОК 0:3“ (en). soccerway.com (2014-yil 13-fevral). 2017-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-sentyabr.
- ↑ „Астерас VS. ПАОК 2:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 16-fevral). 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-sentyabr.
- ↑ „ПАОК VS. Каллони 2:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 30-mart). 2016-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-sentyabr.
- ↑ „Анортосис VS. Докса Катокопиас 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 28-sentyabr). 2016-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-sentyabr.
- ↑ „Пафос VS. Анортосис 1:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 1-noyabr). 2016-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-sentyabr.
- ↑ „Греция (до 19) VS. Украина (до 19) 2:0“ (en). soccerway.com (2015—07—06). 2019-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-sentyabr.
- ↑ „Франция (до 19) VS. Греция (до 19) 0:0“ (en). soccerway.com (2015—07—12). 2018-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-sentyabr.
- ↑ „Россия (до 19) VS. Греция (до 19) 4:0“ (en). soccerway.com (2015—07—16). 2019-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-sentyabr.