Egat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Egat — plug, kultivator va boshqalar tuproqqa ishlov berish qurollari vositasida ochilgan toʻgʻri, uzun ariqcha; joʻyakning bir turi. E. ekinlarni bir tekisda va qondirib sugʻorish uchun ochiladi. Sugʻoriladigan dehqonchilik rayonlarida ayrim ekinlarni (mas, gʻoʻza) ekish E. ochish bilan bir vaqtda olib boriladi. E. haddan tashqari nam joylarda ortiqcha suvni dalalardan chiqarib yuborish uchun ham xizmat qiladi. Pushtasi turli kenglikdagi E.lar, asosan, tekis yerlarda gʻoʻza, kartoshka, makkajoʻxori, kanop, sabzavotlar va boshqalar qatorlab ekiladigan ekinlar uchun chuq. 20—25 sm, uzunligi paykal nishabiga qarab olinadi.