Kontent qismiga oʻtish

Ehtiyot chorasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ehtiyot chorasi (huquqda) - jinoyat qilishda ayblanuvchi shaxsga nisbatan qoʻllanadigan protsessual majburlov chorasi. Oʻzbekiston Respublikasi JPKga koʻra, ehtiyot choralari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud tomonidan ayblanuvchi, sudlanuvchining surishtiruv, dastlabki tergov, suddan boʻyin tovlashining va bundan buyongi jinoiy faoliyatining oldini olish, ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga halal beradigan urinishlariga yoʻl qoʻymaslik, hukmning ijro etilishini taʼminlash maqsadlarida qoʻllanadi. Bunda aybning ogʻirligi, ayblanuvchining shaxsi, yoshi, sogʻligʻi, boshqa holatlar hisobga olinadi.

Ehtiyot chorasining turlari: munosib hulqatvorda boʻlish toʻgʻrisidagi tilxat; shaxsiy kafillik; jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi; garov; qamoqda saqlash; voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish; harbiy xizmatchining xulq-atvori ustidan qoʻmondonlik kuzatuvi. Alohida hollarda gumon qilinuvchiga nisbatan prokurorning ruxsati bilan qamoqda saqlash tarzidagi Ehtiyot chorasi qoʻllanishi mumkin. Qonun talablariga koʻra shaxsga ana shu ehtiyot choralarining faqat biri qoʻllanishi mumkin.