Eiza González

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eiza González

González 2021-yilda
Tavalludi 30-yanvar 1990-yil (1990-01-30) (34 yosh)[1]
Mexiko shahri, Meksika
Fuqaroligi Meksika bayrogʻi Meksika
Kasbi Aktrisa, xonanda

Eiza González (talaffuzi: Elsa Gonsales; 1990-yil 30-yanvar) — meksikalik aktrisa va qoʻshiqchi.

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eiza González 1990-yil 30-yanvarda Mexiko shahrida tugʻilgan. Onasi sobiq meksikalik model Glenda Reyna. 12 yoshida Gonzálezning otasi Carlos González avtohalokatdan vafot etadi. Gonzálezning bitta akasi bor. 2003-yildan 2006-yilgacha González turli aktyorlik va teatr kurslarida taʼlim oladi.

González ikki tillarda taʼlim beruvchi xususiy ikkita maktablar — „Edron Academy“ va „American School Foundation“da oʻqigan.[2] 2003-yildan 2004-yilgacha Eiza Patricia Reyes Spindola tomonidan boshqariladigan M&M studiyasida aktyorlik boʻyicha tahsil oldi. 14 yoshida González „Televisaʼs Centro de Educación Artística“ aktyorlik maktabiga qabul qilinadi, u yerda 2 yil oʻqiydi. 2008-yilda González New Yorkdagi Lee Strasberg aktyorlar studiyasida qatnashadi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

González aktrisa sifatida ilk marotaba 2007-yilda Lola, érase una vez[3] serialida suratga tushgan. 2008-yil oxirida aktrisa EMI Televisa bilan shartnoma imzolaydi, natijada González xonanda sifatida oʻzining „Contracorriente“ ilk musiqiy albomini dastlab Meksikada, keyin esa AQShda chiqarishga erishadi.

González Always (2007-2008), Avon (2008-2009), Neutrogena (2015) reklama roliklarida suratga tushgan. Aktrisa tez-tez Glamour va Cosmopolitan jurnallarining meksikacha versiyalarining muqovasida paydo boʻldi. 2008-yilda González TVyNovelas eng yaxshi ayollar kashfiyoti mukofotini oldi.

2010-yilda González bosh rolni oʻynagan Sueña conmigo myuziklli teleserialning premyerasi boʻlib oʻtdi. Serialning mashhurligi tufayli 2011-yilning mart va iyul oylarida serial aktyorlari bilan birga butun Argentina boʻylab konsertlar berishiga sabab boʻldi.

2012-yil 5-iyun kuni Gonzálezning ikkinchi musiqiy albomi „Te Acordarás de Mí“ raqamli formatdada chiqarildi. Albom Meksikaning Top 100 chartida 66-oʻrinni va AQShdagi Billboardning Lotin Amerikasi pop-albomlarida chartida 14-oʻrinni egalladi.

2014-yilda aktirsa ishtirok etgan Casi Trienta komediyasi dunyo ekranlarida namoyish etildi. 2014-yildan 2016-yilgacha González From Dusk till Dawn: The Series[4] serialida, 2017-yilda esa Edgar Wrightning Baby Driver jangovar komediyasida rol oʻynaydi.

2018-yilda González ishtirokidagi Robert Zemeckisning Welcome to Marwen fantastik dramasining jahon premyerasi boʻlib oʻtdi. 2019-yilda González Paradise Hills fantastik melodramasida Amarna rolini oʻynadi. Bundan tashqari, oʻsha yili Alita: Jasur farishta filmi chiqadi, unda aktrisa Nissiana rolini oʻynadi.

2019-yildan 2020-yilgacha boʻlgan davrda aktrisani Hobbs & Shaw, Bloodshot va Firibgar ayol kabi yirik filmlarda ham koʻrish mumkin.

2021-yilda Godzilla Kongga qarshi fantastik jangari filmi chiqib, ushbu kinoda González bosh rollardan birini ijro etadi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yildan 2013-yilgacha González meksikalik tadbirkor Pepe Diaz bilan uchrashgan. González, shuningdek, aktyorlar Sebastyan Rulli, Liam Hemsworth[5] va futbolchi Cristiano Ronaldo[6] bilan munosabatlar oʻrnatgan, deyiladi. 2018-yilda aktyor Josh Duhamel bilan uchrashadi[7]. 2020-yilning iyun-iyul oylarida González amerikalik aktyor Timothée Chalamet bilan uchrashgan[8].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nom Rol Izohlar
2008 Horton Hears a Who! Jessica Quilligan (ovoz bergan) Latin American Spanish (dublyaj)
2013 The Croods Eep Crood (ovoz bergan) Latin American Spanish (dublyaj)
2014 Casi Trienta Cristina
2015 Jem and the Holograms Sheila „Jetta“ Burns
2017 Baby Driver Monica „Darling“ Castello
2018 Welcome to Marwen Caralala
2019 Paradise Hills Amarna
Alita: Battle Angel Nyssiana
Sheʼs Missing Jane
Hobbs & Shaw Magarita / Madame M
2020 Bloodshot Katie/KT
Cut Throat City Lucinda Valencia
I Care a Lot Fran
2021 Godzilla vs. Kong Maia Simmons
Spirit Untamed Milagro Navarro-Prescott (ovoz bergan)
Love Spreads Patricia
2022 Ambulance Cam Thompson

Teleserial[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nom Rol Izohlar
2007-2008 Lola, érase una vez Dolores „Lola“ Valente 224 qism
2008-2009 Mañana es para siempre Cecilia Acosta de Elizalde
2009 Mujeres asesinas Gabriela Ortega Episode: „Tere, Desconfiada“
2010-2011 Sueña conmigo Clara Molina / Roxy Pop 150 qism
2012-2013 Amores verdaderos Nikki Brizz Balvanera 181 qism
2014-2016 From Dusk till Dawn: The Series Santanico Pandemonium 30 qism
TBA Extrapolations Elodie
TBA The Three-Body Problem


Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Contracorriente (2009)
  • Te Acordaras de Mi (2012)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ritmoson Latino: Eiza González“ (es). esmas.com (2011-yil 19-yanvar). 2010-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-dekabr.
  2. arxiv nusxasi, 2013-09-21da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-19
  3. „Afirma Eiza Gonzblez que su prioridad es la mʼsica“. 2013-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-may.
  4. ʻFrom Dusk Till Dawnʼ Adds to Cast as El Rey Launch Nears
  5. Miley will not be pleased! Liam Hemsworth pictured with Mexican beauty Eiza Gonzales AGAIN after their wild weekend in Vegas… the same day he confirms split with Cyrus
  6. EIZA DOES IT Is this stunning Mexican actress Eiza Gonzalez Cristiano Ronaldoʻs new girlfriend?
  7. Getting Steamy! Josh Duhamel and Eiza Gonzalez Lock Lips While Vacationing Together in Mexico
  8. „arxiv nusxasi“. 2020-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]