Ejektor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ejektor (frans. — otmoq, chiqarib tashlamoq) — gaz yoki suyuqliklarni soʻrish (tortish) da ishlatiladigan apparat. Ishi boshqa gaz va suyuqliklarning kinetik energiyasidan foydalanishga asoslangan. Unda katga tezlikda harakatlanayotgan muhit (gaz yoki suyuqlik)ning kinetik energiyasi ikkinchi muhitga oʻtadi. Gaz va suyuqliklarni haydab beradigan koʻp mashinalar (mas, oqim nasoslari, vakuum nasoslari)ning ishlashi E. prinsipiga asoslangan. E. uchish apparatlarining yonilgʻi va moy berish hamda gidraachika tizimida, sovitish mashinalari, payvandlash gorelkalari, konditsionerlar, ventilyatsiya qurilmalari va boshqalarda ishlatiladi. Suyuq yoqilgʻili raketa dvigatelining yonish kamerasiga yonilgʻi berishda ham E.dan foydalaniladi. E. kimyo va neftni qayta ishlash sanoatida aralashtirgich sifatida keng qoʻllanadi.