Ek Minor masjidi (Raichur)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Ek Minor masjidi (Raichur)
Masjid minorasining koʻrinishi
Mamlakat  Hindiston
Shahar Raichur
Koordinatalar 16°12′12″N 77°21′10″E / 16.203295°N 77.3526662°E / 16.203295; 77.3526662 G OKoordinatalari: 16°12′12″N 77°21′10″E / 16.203295°N 77.3526662°E / 16.203295; 77.3526662 G O
Minoralar soni 1
Minoralar balandligi 65 feet (20 m)

Ek Minor masjidi yoki Ek Minor Ki masjidi Hindistonning Karnataka shtatidagi Raichur shahrida joylashgan masjiddir. U davlat muhofazasi ostidagi yodgorlik roʻyxatiga kiritilgan inshootlardan biri hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ostonada yozilgan fors yozuviga koʻra, u Ambar tomonidan hijriy 919-yilda (milodiy 1513—1514-yillarga toʻgʻri keladi) Mahmudshoh Bahmaniy davrida bunyod ettirilib foydalanishga topshirilgan[1].

Ek Minor masjidi, 1933-yil

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid faqat bir minorali boʻlgani uchun Ek Minor masjidi (lit. bir minorali masjid) yoki Ek Minor Ki Masjidi (bitta minorali, yoritgichli masjid) deb ataladi. Hind-islom meʼmorchiligi uslubida qurilgan Qutb minor va Chand minor kabi alohida minoralar odatda gʻalaba minoralari boʻlib xizmat qilgan, masjidlarga biriktirilgan minoralar esa estetik sabablarga koʻra simmetrik tarzda koʻpaytirib qurilgan. Bu masjidning alohida yakka minorasi bu qoidadan istisno hisoblanadi[2].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid roʻparasida hovli boʻlib, bu yerda ikkita qabr joylashtirilgan. Ularning yuqori tomonida suv sisternasi mavjud. Masjidga janub tomondan kiriladi, kirish tomi sakkizta Chalukyan ustuniga tayangan holda ishlangan[1].

Namoz zali toʻrtburchak shaklida boʻlib, taxminan 40 futga 30 futlik maydonni qamrab oladi. U tekis shiftga ega va yuqoriga tomon parapet shaklda koʻtarilgan. Gʻarbiy devor Qur’on oyatlari hamda tosh plitalarga yozilgan hadislar bilan bezatilgan[1].

Minorasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid nomi bilan atalgan minora inshootning asosiy meʼmoriy xususiyatidir. U hovlining janubi-sharqiy burchagida, kirish eshigi yaqinida joylashgan. Minora taxminan 65 fut balandlikka koʻtarilgan va diametri taxminan 13 futga teng. Minora forscha uslubda qurilgan boʻlib, Chand minoriga, shuningdek, Mahmud Gavon madrasasining minoralariga ham juda oʻxshab ketadi. Ualrning har ikkalasi ham avvalgi bahmaniy inshootlardan hisoblaniladi[1].

Minora ikkita qavatdan iborat boʻlib, ularning har birida yorugʻlik va havo kirishi uchun derazalar ishlangan hamda har birida tosh panjaralar bilan oʻralgan galereyalar mavjud. Ichkaridagi aylanma zinapoya minoraning eng yuqori qavatiga olib boradi. Minora asta-sekin pastdan yuqoriga tomon torayib boradi va uning tepasida odatda gulli bezaklar bilan bezatilgan bahmaniy dumaloq gumbaz joylashtirilgan. Gumbaz tepa qismida yarim oy tasvirlangan qubba mavjud[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Yazdani, Ghulam. Annual Report of the Archaeological Department of His Exalted Highness The Nizam's Dominions. Baptist Mission Press, 1933 — 13–14 bet. 
  2. Burton-Page, John. Indian Islamic Architecture: Forms and Typologies, Sites and Monuments Michell: , 2008 — 51 bet.