Eki stamp
Eki stampi ( 駅スタンプ , poyezd stansiyasi stampi) - Yaponiya va Tayvandagi ko'p temir yo'l vokzallarida mavjud bòlgan siyohli bepul rezina markasi[1]. Ularning kòrinishida odatda stansiyaga aloqador shahar yoki uning atrofidagi hududning ramziy tasvirlari, masalan, diqqatga sazovor joylar, maskotlar va mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar mavjud.
Eki stamplari tahminan 1931- yildan beri mavjud bo'lib, Fukui stansiyasiga [2] o'rnatilgan va oradan ko'p o'tmay, eki markalari butun Yaponiyadagi yirik stansiyalarga o'rnatila boshlandi. Hozirda eki markalari Yaponiyadagi deyarli barcha temir yo'l stansiyalarida mavjud. Eki markalari asosan metro stansiyalari, aeroportlar, portlar , avtomobil yo'llariga xizmat ko'rsatish joylari kabi boshqa chiqish joylarida ham mavjud.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Chen, Rou-jin. 一個木匠和他的台灣博覽會. Taiwan: 麥田, 2018 — 32-bet. ISBN 9789863445074.
- ↑ „The Design Nostalgia of Japan's Train Station Stamps“. HYPERALLERGIC (2016-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 10-sentyabr.