Kontent qismiga oʻtish

Eklimetr

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Eklimetr

Eklimetr (yun. ogʻdiraman va metr) — geodeziyada — joyda (yerda) chiziqlarning qiyalik burchagini oʻlchash uchun ishlatiladigan geodezik asbob. Doira shaklidagi metall quticha va uning yon tomoniga mahkamlangan prizmatik naycha 2 dan iborat. Metall quticha ichida gardishiga gradusda darajalarga boʻlingan halqa (disk) 3 joylashgan. Gradus darajalar noldan boshlab har ikkala tomonga raqamlar bilan belgilangan. Oʻz oʻqida erkin turgan halqa unga mahkamlangan yuk (ogʻirlik) taʼsirida doim bir holatni, yaʼni gardishdagi nol darajadan oʻtuvchi diametr chizigʻi gorizontal holatni egallaydi. Oʻlchashni bajarib boʻlib, halqa maxsus prujinalar yordamida qoʻzgʻalmas holda saqlanadi. Chiziqning qiyalik burchagini oʻlchash uchun uning bir uchida eklimetr bilan turib, ikkinchi uchiga belgi tayoq tik oʻrnatiladi va eklimetrning prizmatik naychasi tayoqsa koʻz balandligi boʻyicha belgilab qoʻyilgan nuqtaga qaratiladi. Quticha sirtidagi tugmacha bosilib, halqa erkin holatga keltiriladi va oynachadan halqa gardishidagi shkala boʻyicha sanoq olinib, qiyalik burchagining qiymati aniqlanadi. Eklimetr bilan qiyalik burchagi 0,1° aniqlikda oʻlchanadi.