Kontent qismiga oʻtish

Eklogit

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Eklogit (yun. — tanlash) — chuqurlikdagi metamorfik togʻ jinsi; yaxlit, baʼzan varaqsimon koʻrinishda boʻladi. Asosan, granat, piroksen (omfatsit), kvari va rutildan tashkil topgan. Ikkinchi darajali aksessor minerallardan kianit, korund, sanidin, koesit, enstatit, grafit, olmos va flogopit uchraydi. Allotriomorf donador, granoblastik struktura va yaxlit teksturaga ega. Kimyoviy tarkibiga qoʻra bazalt va gabbroga oʻxshash. Geologik yotish sharoitiga nisbatan eklogit 3 tipga boʻlinadi: metamOrfik mintaqalardagi eklogit glaukofanli slanetslar va alpinotipli giperbazitlar bilan assotsiatsiyada; granulitli, gneysli va amfibolitli metamorfik majmualarda; kimberlitlar va ishqorli bazaltoidlarda qoʻshilmalar (ksenolitlar) hosil qiluvchi boʻladi. Eklogit bilan rutil konlari bogʻliq, ancha chuqurlikdagi eklogitlar orasidagi kimberlitlarda esa olmos uchraydi.