Ekologik iqtisod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ekologik iqtisod — Bu Xalqaro Ekologik Iqtisodiyot Jamiyatining fanlararo jurnali hisoblanadi. 1989— yilda jurnal asoschisi va bosh muharrir Robert Kostansa tomonidan tashkil etilgan boʻlib, bu jurnal hozigi kungacha oʻz faoliyatini yuritib kelmoqda.

Jurnaldagi[1] nashrlarning asosiy mavzulari tabiiy resurslar mavjudligini baholash, qishloq xoʻjaligini barqarorlashtirish va rivojlantirish, gen injeneriyasida esa organizmlarning ekologik va iqtisodiy oqibatlari va ularni modellarini ishlab chiqish, tabiiy boyliklarni baholashning muqobil tamoyillarini yaratish va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Ekologik iqtisodchi Malte Michael Faber[2] fikricha ekologik iqtisod tabiatga, adolatga va vaqtga bogʻliqligi bilan belgilanadi. Bu iqtisodiyot yoki ekologiyaning quyi intizomi boʻlishga qaramasdan aslida u psixologiya, antropologiya arxeologiya va tarixni ham oʻzaro bogʻlovchi koʻprikdir. Odamlar oʻtmishda atrof-muhit bilan qanday munosabatda boʻlganligi va kelajakda qanday munosabatda boʻlishilari haqida aniqroq malumot berishga harakat qiladi. Jurnalning bir yil davomida 16 tagacha yangi nashri chop etiladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ekologik iqtisodchilarning birinchi tashkil etilgan uchrashuvlari 1980-yillarda boʻlib oʻtgan. Bular ikkinchi uchrashuv doirasida 1982 yilda Lois Banner tashabbusi bilan Shvetsiyada boʻlib oʻtgan uchrashuv bilan boshlangan (jumladan, Robert Kostansa, Herman Deyli[3],Charlz Xoll, Bryus Xannon va Devid Pimentellar uchrashuvda ishtirok etishgan)[4]. Bu uchrashuvdagilarni koʻpchiligi ekotizm ekologlari yoki asosiy ekologiya iqtisodchilari edi, Deyli bundan mustasno edi. 1987 yilda Deyli va Konstansa suvlarni tekshirib koʻrish uchun Ekologik modellashtirishning sonini tahrirlashdi. 1989 yilda Xalqaro Ekologik Iqtisodiyot Jamiyatiga asos solingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]