Ekslibris
Qiyofa
Ekslibris (lotincha — kitobdan) — kitobning biror kimsaga mansubligini koʻrsatuvchi belgi. Kitobning muqovasi yoki zehiga relyef hosil qilib ishlanadigan (superekslibris) va muqovaning ichkari tomoniga yopishtirib qoʻ’yiladigan (qogoz ekslibris) xillari bor. Gravyura usulida tayyorlanadigan ekslibris Germaniyada XVI asrda paydo boʻlgan. Ekslibris yirik grafika ustalari (A. Dyurer, X. Xolbeyn Kichkina, A. I. Kravchenko. V. A. Favorskiy va boshqalar) tomonidan yaratilishi grafikaning mustaqil janrini yuzaga keltirdi. Oʻzbekistonda rassomlar V. Kaydalov, V. Kedrin, Q. Basharov, M. Kagarov, M. Starovoyt, V. Parshin va boshqalar koʻplab ekslibrislar yaratgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |