Kontent qismiga oʻtish

Ekstirpatsiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ekstirpatsiya (lotincha — ildizi bilan olib tashlash) — biror aʼzo (masalan, meʼda, bachadon, taloq va boshqalar)ni butunlay yoki qisman kesib olib tashlash. Asosan, aʼzolarning xavfli oʻsmalarida ishlatiladi. Onkologiyada (meʼda, toʻgʻri ichak oʻsmasi), ginekologiyada (bachadon miomasi va boshqalar xavfli oʻsmalari), xirurgiyada (taloq shikastlanganida) qoʻllanadi.