Kontent qismiga oʻtish

Elbek Musayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elbek Musayev (1935.15.8, Toshkent) — telejurnalist, kichik hajmdagi hikoyalar (miniatyura) ustasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1972). Urta Osiyo universitetni tugatgan (1958). Oʻzbekiston televideniyesi Bolalar va oʻsmirlar tahririyatida kichik muharrir, katta muharrir (1957—1962), "Yoshlik" bosh tahririyatining bosh muharriri (1962-1967, 1969-1986), dasturlar bosh direktori (1986—1988), Oʻzbekiston televideniyesi va radioeshittirish qoʻmitasi raisiningoʻrinbosari (1988—1992). Musayevning televideniyedagi ijodiy faoliyati "Istiqbol egalari", "Gʻazalxon yoshligim", "Romantika" televizion teatri, "Talabalik — oltin davrim", "Ona shaxrim — Toshkentim", "Zehn" turkum koʻrsatuvlari bilan bogʻliq. U Navroʻzga bagʻishlanib oʻtkaziladigan uzluksiz telekoʻrsatuv tashkilotchilaridan. U ayniqsa, oʻzi asos solgan "Teleminia-tyuralar teatri", "Otalar soʻzi — akdning koʻzi" dasturlari bilan elga tanildi. 1962-yildan beri koʻrsatib kelinadigan "Otalar soʻzi — aqlning koʻzi" koʻrsatuvi oʻzbek xalqining eng yaxshi urf-odatlari, anʼanalari, odamiylik, mehr-shafqat, adolat, sadoqat kabi hislatlarni tarannum etib oʻzbek televideniyesi tarixida muayyan iz qoldirdi.