Kontent qismiga oʻtish

Eleanor Rigby

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Eleanor Rigby“
The Beatles qoʻshigʻi
„Revolver“ albomidan
A tomon „Yellow Submarine“
Chiqarilgan sanasi 5-avgust, 1966-yil(1966-08-05)
Yozib olingan 28–29 aprel va 6-iyun 1966-yil
Studiya EMI, London
Janr Barokko-pop,[1] art-rok[2]
Davomiyligi 2:08
Leybl Parlophone (Buyuk Britaniya),
Capitol (AQSh)
Matn muallif(lar)i Lennon–McCartney
Prodyuser(lar) George Martin
The Beatles xronologiyasi
„Paperback Writer“
(1966)
Eleanor Rigby“ / „Yellow Submarine“
(1966)
„Strawberry Fields Forever“ / „Penny Lane“
(1967)
Klipi
„Eleanor Rigby“ YouTubeda

Eleanor Rigby“ (tarjimasi „Eleanor Rigby“, talaffuzi: Elinor Rigbi) — „The Beatles“ ingliz guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1966-yil eʼlon qilingan „Revolver“ albomiga kiritilgan. Shuningdek, „Yellow Submarine“ qoʻshigʻi bilan bir qatorda qoʻshaloq „A“ tomonli singl oʻlaroq chiqarilgan. Taronani asosan Paul McCartney yozgan va ijro etgan, ammo muallif oʻlaroq Lennon–McCartney koʻrsatilgan[3].

„Eleanor Rigby“ qoʻshigʻi „The Beatles“ guruhi studiyada turli eksperimentlarni qilib koʻra boshlagan davrda yozib olingan. Torli-kamonli cholgʻular bilan ijro etilgan va yolgʻizlik mavzusiga bagʻishlangan ushbu tarona pop musiqada ham musiqiy, ham lirik jihatdan yangilik boʻlgan[4]. Qoʻshiq Avstraliya, Belgiya, Kanada va Yangi Zelandiya xit-paradlarida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Tarona 2004-yilda „Rolling Stone“ jurnalining tarixdagi 500 eng buyuk qoʻshiqlar roʻyxatida 137-[5], 2021-yilgi roʻyxatda esa 243-oʻringa qoʻyilgan[6].

McCartneyning soʻzlariga koʻra, lirik qahramonni „Eleanor“ deb nomlash fikriga aktrisa Eleanor Bron ismi turtki boʻlgan boʻlishi mumkin[7][8]. Aktrisa „The Beatles“ bilan bir qatorda „Help!“ filmida rol oʻynagan[9]. „Rigby“ soʻzi esa Bristol shahridagi „Rigby & Evens Ltd.“ doʻkoni nomidan olingan[9]. McCartney doʻkonni 1966-yilning yanvarida oʻsha paytdagi qiz doʻsti Jane Asher oldiga borganda koʻrgan[10][11]. McCartney 2021-yil „The New Yorker“ nashri uchun yozgan maqolasida „Eleanor Rigby“ qoʻshigʻini oʻz tanigan va yolgʻiz yashagan qariya ayol qismatidan ilhomlanib yozganini eʼtirof etgan[12].

  1. Stanley, Bob. „Pop: Baroque and a soft place“ (2007-yil 20-sentyabr). 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-fevral.
  2. Rodriguez 2012, s. 138.
  3. Miles 1997, s. 281.
  4. Campbell & Brody 2008, ss. 172–73.
  5. „The Rolling Stone 500 Greatest Songs of All Time 2004: 101-200“. Rolling Stone. 2008-06-20da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18 November 2021.
  6. „The 500 Greatest Songs of All Time: 243. The Beatles 'Eleanor Rigby'. Rolling Stone. 15 September 2021. 23 September 2021da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23 September 2021.
  7. Miles 1997, ss. 282–83.
  8. „Revolver: Eleanor Rigby“. beatlesinterviews.org. 2017-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-noyabr.
  9. 9,0 9,1 Turner 2016, s. 62.
  10. Turner 2016, ss. 60, 62.
  11. Rodriguez 2012, s. 83.
  12. McCartney, Paul (18 October 2021). „Writing 'Eleanor Rigby'. The New Yorker. 21 October 2021da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21 October 2021.