Elektromagnit maydonning energiyasi va massasi orasidagi bogʻlanish
Elektromagnit maydon energiyasi va impulsi uchun formulalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Elektromagnit maydonning energiyasi va impulsi uchun quyidagi formulalar oʻrinli:
bu yerda
Energiya oqimi zichligining taʼrifiga muvofiq, quyidagini yozishimiz mumkin:
Demak, (4) ifoda quyidagi koʻrinishga keladi:
Mexanika kursidan maʼlumki, zarraning mexanik impulsi shu zarra massasining tezlikka koʻpaytmasiga teng. Shu singari, elektromagnit maydonning impulsi uchun ham yozishimiz mumkin:
bu yerda — birlik hajmdagi elektromagnit maydon massasi. Demak, (7) va (8) ga muvofiq
boʻladi. Bu ifodani maydon hajmi boʻyicha integrallasak,
bu yerda
elektromagnit maydonning massasidir. Mazkur massa elektromagnit massa deb ataladi. Shunday qilib, (10) ga muvofiq, elektromagnit maydonning energiya bilan massasi bir biriga proporsional ekan.
Nisbiylik nazariyasiga asosan har qanday moddiy obyektning toʻla energiyasi bilan massasi oʻzaro proporsional boʻlib, u (10) da ifodalangan qonunga boʻysunadi.
Elektromagnit impuls tushunchasining amaliyotda ishlatilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Elektromagnit impuls tushunchasidan foydalanib, yorug'lik bosimi deb ataladigan hodisani tekshirib koʻraylik.
Maʼlumki, yorugʻlik — bu tarqaluvchi elektromagnit maydon, yaʼni elektromagnit to'lqindan iborat. Bu toʻlqinning tarqalish yoʻnalishi bilan nurlanish vektori S ning yoʻnalishi bir xil. Demak, (5) ga muvofiq, E va H vektorlar shu yoʻnalishga perpendikulyardir. Biror jismning sirtiga perpendikulyar ravishda toʻlqin tushyapti deb faraz qilaylik. Bu toʻlqin jismning zaryadlariga Lorens kuchi bilan taʼsir qiladi. Toʻlqinning elektr maydoni jism sirtida zaryadlarni harakatlantiradi, yaʼni tok hosil qiladi. Toʻlqinning magnit maydoni esa bu tokka taʼsir qiladi. Bunda taʼsir kuchining yoʻnalishi tushayotgan toʻlqinning yoʻnalishi bilan bir xil. Demak, tushuvchi toʻlqin shu jismning sirtiga aniq kuch bilan taʼsir qiladi. Shu hodisa yorugʻlik bosimi deyiladi.
Harakat miqdorining vaqt birligida oʻzgarishi biror kuchga teng, bosim esa yuza birligiga perpendikulyar ravishda taʼsir qiluvchi kuchdan iborat. Tushuvchi toʻlqinni tamomila yutuvchi jism (absolyut qora jism) uchun bosim (7) ga muvofiq,
yoki
boʻladi. Demak,
Tushuvchi toʻlqinni tamomila yutuvchi jism sirtiga taʼsir qiluvchi bosim shu toʻlqin energiyasining zichligiga teng
Tushuvchi toʻlqinni tamomila qaytaruvchi jism uchun, qaytarilgan toʻlqinning tushuvchi toʻlqinga nisbatan qarama-qarshi yoʻnalishda ekanligini nazarda tutilsa, bosim
yaʼni
boʻladi.
Tushuvchi toʻlqinni tamomila qaytaruvchi jism sirtiga taʼsir qiluvchi bosim shu toʻlqin energiyasining ikki karra olingan zichligiga teng.
Shunday qilib, real jismlar uchun
Jism sirtining tushuvchi toʻlqinni qaytarish koeffitsientini orqali belgilaylik. U vaqtda tushuvchi toʻlqin energiyasi zichligining qismi yutilib, qolgan qismi esa qaytadi. Shunday qilib,
ya'ni
Tamomila yutuvchi jism uchun va tamomila qaytaruvchi jism uchun .
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Elektromagnit impuls oqimining zichlik tenzori
- Maksvellning elektromagnit kuchlanishlar tenzori
- Impuls momentining saqlanish qonuni
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- R.X.Mallin, Klassik elektrodinamika, Oʻqituvchi, T., 1974