Eleya maktabi
Eleya maktabi — yunon falsafiy maktabi. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Eleya shahrida (Italiyaning janubi) shakllangan. Asoschisi — Ksenofan; yirik namoyandalari Parmenid, eleyalik Zenon, samoslik Meliss, Gorgiy. Eleya maktabi vakillari sezgi aʼzolarimiz orqali oladigan bilimimiz shubhali, haqiqiy emas, faqat aql orqali oladigan bilimlarimiz haqiqiy deb hisoblagan. Milet maktabi va Geraklittsht materialistik gʻoyalariga qarshi keskin kurash olib borgan. Eleya maktabi falsafa tarixida birinchi boʻlib yagona borliq tushunchasini ilgari surgan. Eleya maktabi vakillari fikricha, yagona borliq uzluksiz, oʻzgarmas, boʻlinmasdir. Keyinchalik yagona oʻzgarmas borliq tushunchasi Platon va neoplatonizm falsafasi manbalaridan biri boʻlib xizmat qildi. Antik falsafaning shakllanishi Eleya maktabi bilan tugallandi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |