Elisabeth Kopp
Elisabeth Kopp | |
---|---|
Shveysariya vitse-prezidenti | |
Mansab davri 1989-yil 1-yanvar – 1989-yil 12-yanvar | |
Prezident | Jean-Pascal Delamuraz |
Oʻtmishdoshi | Jean-Pascal Delamuraz |
Vorisi | Arnold Koller |
Shveysariya Federal Kengashi a'zosi | |
Mansab davri 1984-yil 2-oktyabr – 1989 yil 12 yanvar | |
Oʻtmishdoshi | Rudolf Friedrich |
Vorisi | Kaspar Villiger |
Shveysariya Milliy Kengashi aʼzosi | |
Mansab davri 1979-yil 26-noyabr – 1983-yil 27-noyabr | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Anna Elisabeth Iklé 16-dekabr 1936-yil Syurix, Switzerland |
Vafoti |
7-aprel 2023-yil (86 yoshda) Zumikon, Zürich, Switzerland[1] |
Siyosiy partiyasi | FDP |
Turmush oʻrtogʻi |
Hans W. Kopp (turm. 1960; vaf. 2009) |
Bolalari | 1 |
Alma mater |
Anna Elisabeth Kopp (1936-yil 16-dekabr – 7-aprel 2023-yil) – Shveysariya siyosatchisi va Hur Demokratik Partiya (HDP) aʼzosi. U Shveysariya hukumati, Federal kengashda xizmat qilgan birinchi ayol siyosatchi. U ushbu lavozimda 1984-yil 2-oktabrdan 1989-yil 12-yanvargacha faoliyat yuritgan. 1979-yildan 1984-yilgacha Milliy kengash aʼzosi sifatida xizmat qilgan[2][3].
Barvaqt hayot va taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kopp 1936-yil 16-dekabrda Shveysariyaning Syurix shahrida Maks va Beatrix Iklé oilasida tugʻilgan[4]. Uning otasi Federal moliya departamenti direktori va Shveysariya Milliy banki boshqaruvi aʼzosi[4]. Bobosi Adolf Iklé (1852–1923) asli yahudiy va Germaniyaning Gamburg shahridan edi[5]. Uning amakivachchasi Fred Iklé Reygan hukumati davrida mudofaa vazirining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari boʻlib ishlagan[6].
U Bern kantonligida ikkita singlisi Marianne (1935-2019) [7] va Beatrix (1944) bilan birga oʻsgan. Kopp Bern oʻrta maktabini tamomlagan[8]. 1956-yilda Syurix universitetida huquq sohasi boʻyicha tahsil olgan. 1960-yilda Litsenziya bilan bitirgan[9]. Oʻqish davrida, 1956-yilda Vengriya inqilobi paytida tashkil etilgan Swiss-Hungarian Student Relief Organisation (SDSU) tashkilotiga qoʻshildi[10].1959-yilda Berlin shahriga talabalar sayohati vaqtida boʻlajak eri Hans W. Kopp bilan tanishgan[11]. 1960-yilda oʻqishni muvaffaqiyatli tamolaydi va litsenziat ilmiy darajasi bilan yakunladi. Shu yili u Xans Kopp bilan turmush qurdi va Zumikonga koʻchib oʻtdi. 1963-yilda Kopp qiz farzandli boʻlib,1970-yilgacha uy bekasi boʻlgan[8].
Siyosiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kantonal va qonun chiqaruvchi idoralar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1984-yil 2-oktabr kuni Kopp Federatsiya Kengashiga birinchi ayol nomzod sifatida saylandi[12]. U birinchi ovoz berish jarayonidayoq 244 ovozdan 124 ovoz toʻplagan. Federal maslahatchi sifatida Federal Adliya va Politsiya departamentining (FADP) boshligʻi boʻlib, 1988-yil dekabr oyida Konfederatsiyaning vitse-prezidenti etib saylandi[13]. Uning vazifasida asosiy maqsadlaridan biri noqununiy muhojirlar uchun qonunni isloh qilish boʻlgan[14]. Buning uchun qochqinlar delegati lavozimini ham tashkil qildi. 1987-yilgi Shveysariya referendumlari|Referendum]]muxolif tomon va xristian jamiyatidagi shaxslar tomonidan tanqid qilindi, ammo oxir-oqibat 1987-yilda referendum tasdiqlandi. 1987-yil dekabr oyidagi tasdiqlov saylovida yashil va chap partiya, Frankofon kantoni siyosatchilari uni qayta saylashni rad etishdi va faqat 166 ovoz bilan qayta lavozim tasdiqlandi[15].
Federal kengash
[tahrir | manbasini tahrirlash]1984-yilda Federal kengash raisi Rudolf Fridrih sogʻligʻidagi muammolar tufayli lavozimidan isteʼfoga chiqdi. Keyinchalik Hur Demokratlar Partiyasi Fridrixning oʻrinbosari etib Elisabeth Kopp va Bruno Hunziker nomzod boʻlgan[16]. 1970-yilda Elisabeth Kopp Zumikon shahar kengashi (Gemeinderat) va 1974-yilda Syurix kantonidagi shaharning birinchi ayol prezidenti boʻldi[17].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1960-yilda Elisabeth Iklé bir nechta kompaniyalarning advokat va kengash aʼzosi boʻlgan Hans W. Kopp bilan turmush qurgan[18][19]. Ularning bitta qizi Brigitte (1963) boʻlgan. Elisabeth Milliy Kengashga saylanganidan soʻng, eri Bernda uning uchun kvartira sotib oldi[20]. Federatsiya kengashiga saylanganidan soʻng, ular xavfsizlik sabablari tufayli boshqa kvartiraga koʻchib oʻtishdi[21]. Elisabeth Kopp 2023-yil 7-aprel kuni 86 yoshida vafot etdi[22].
Film
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andres Brütsch : Elisabeth Kopp – Eine Winterreise [de] [23] (Qish safarida: Shveysariyaning birinchi ayol vaziri), hujjatli film, 85 daqiqa, Mavzu: Film, 2007-yil yanvar [24]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Keaten, Jamey „Elisabeth Kopp, first woman in Swiss Cabinet, dies at 86“ (en). AP NEWS (2023-yil 14-aprel). Qaraldi: 2023-yil 18-aprel.
- ↑ „Ratsmitglied ansehen“. www.parlament.ch. 2023-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-aprel.
- ↑ „Elisabeth Kopp, first woman in Swiss Cabinet, dies at 86“ (en-US). Local News 8 (2023-yil 14-aprel). 2023-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-aprel.
- ↑ 4,0 4,1 Amlinger. „Kopp, Elisabeth“ (de). Historical Dictionary of Switzerland. 2023-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
- ↑ „Iklé“ (de). Historical Dictionary of Switzerland. 2023-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-aprel.
- ↑ Dodis. „Iklé, Fred (1924–2011)“ (en). dodis.ch (1924-yil 21-avgust). 2023-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-aprel.
- ↑ „Traueranzeigen von Marianne Gasser-Ikle | www.sich-erinnern.ch“ (de-DE). www.sich-erinnern.ch. 2023-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-aprel.
- ↑ 8,0 8,1 Amlinger. „Kopp, Elisabeth“ (de). Historical Dictionary of Switzerland. 2023-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
- ↑ Duttweiler, Catherine (1990).p.40
- ↑ Duttweiler, Catherine (1990).pp.40–41
- ↑ Duttweiler, Catherine (1990).p.49
- ↑ Duttweiler, Catherine. Kopp & Kopp: Aufstieg und Fall der ersten Bundesrätin (de). Weltwoche, 1990 — 11-bet. ISBN 978-3-85504-121-3. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
- ↑ „Dossier: Die Affäre Kopp“. Année politique Suisse. 2023-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-aprel.
- ↑ Amlinger. „Kopp, Elisabeth“ (de). Historical Dictionary of Switzerland. 2023-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
- ↑ Duttweiler, Catherine (1990), p.145
- ↑ Amlinger. „Kopp, Elisabeth“ (de). Historical Dictionary of Switzerland. 2023-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
- ↑ Amlinger. „Kopp, Elisabeth“ (de). Historical Dictionary of Switzerland. 2023-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
- ↑ Amlinger. „Kopp, Elisabeth“ (de). Historical Dictionary of Switzerland. 2023-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
- ↑ Duttweiler, Catherine (1990), pp.148–149
- ↑ Duttweiler, Catherine (1990), p.84
- ↑ Duttweiler, Catherine (1990), p.85
- ↑ „Elisabeth Kopp, Switzerland's first female cabinet minister, dies at 86“. swissinfo (2023-yil 14-aprel). 2023-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-aprel.
- ↑ Brütsch, Andres (2008), Elisabeth Kopp eine Winterreise = voyage en hiver, [Zürich]: Pelicanfilms, OCLC 1039746850
- ↑ „Elisabeth Kopp – Eine Winterreise“ (de). swissfilms. 2023-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hirter. „Dossier: Affäre Kopp“ (de). Année politique Suisse. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
- Kopp, Elisabeth (1991) Qisqa [Hotiralar]. Benteli Verlag. ISBN 3-7165-0830-6ISBN 3-7165-0830-6
- App. „Der Fall Kopp, neu aufgerollt“ (de). St. Galler Tagblatt (2018-yil 14-aprel). Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
- Duttweiler, Catherine. Kopp & Kopp, Aufstieg und Fall der ersten Bundesrätin. Weltwoche-ABC-Verlag, 1989. ISBN 3-85504-121-0.
- Senti. „Was wäre, wenn Herr Kopp nicht ans Telefon gegangen wäre“ (de). Neue Zürcher Zeitung (2021-yil 4-may). Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
Tashqi havoalalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Siyosiy idoralar | ||
---|---|---|
Oldingisi | Shveysariya Federal Kengashi a'zosi 1984–1989 |
Keyingisi |
Federal Politsiya va Adliya departamenti 1984–1989 |
Keyingisi | |
Oldingisi | Shveysariya Vitse-prezidenti 1989 |
„Kopp, Elisabeth“. Dodis (1936-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.