Kontent qismiga oʻtish

Elizabeta Gjorgievska

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Elizabeta Gjorgievska
Елизабета Ѓоргиевска
Mansab davri
2019-yil 12-may
Oʻtmishdoshi Maja Ivanova
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 6-may 1972-yil (1972-05-06) (52 yosh)
Skopye, Makedoniya SR, Yugoslaviya
Millati makedon
Turmush oʻrtogʻi Stevo Pendarovski
Bolalari 1
Alma mater Skopye universiteti

Elizabeta Gjorgievska (maked.: Елизабета Ѓоргиевска; 1972-yil 6-mayda tugʻilgan) — makedoniyalik shifokor, 2019-yildan beri Shimoliy Makedoniyaning beshinchi prezidenti Stevo Pendarovski rafiqasi va birinchi xonim.

Gjorgievska 1972-yil 6-mayda Skopyeda tugʻilgan. 1996-yil mart oyida Skopye universitetining stomatologiya fakultetini (hozirgi Kirill va Mefodiy nomidagi Skopye universiteti) tamomlagan. 1998-yildan shu fakultetning magistratura bosqichida tahsil olgan va 2002-yilda nomzodlik, 2006-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[1].

1997-yildan 1998-yilgacha Gjorgievska yuz-jagʻ jarrohligi klinikasida koʻngilli, 1998-yilda esa bolalar va profilaktik stomatologiya klinikasida shifokor boʻlib ishlagan. 2002-yilda mutaxassisligi boʻyicha imtihondan oʻtgan. 2004-yilda Gjorgievska kichik assistent, 2006-yilda esa Skopye universitetining bolalar profilaktik stomatologiyasi kafedrasida assistenti. 2008-yilda dotsent unvonini olgan[1].

2002-yilda Gjorgievska magistrlik darajasini olib, bolalar va profilaktik stomatologiya boʻyicha mutaxassis boʻldi, 2006-yildan esa fan doktori. Buyuk Britaniya, Belgiya va Amerika Qoʻshma Shtatlardagi universitetlarga bir nechta tadqiqot tashriflarini amalga oshirgan va bir nechta xalqaro tadqiqot loyihalarida ishlagan[2].

Gjorgievska 90 dan ortiq maqolalarni nashr ettirgan. Bir qancha milliy hamda xalqaro simpozium va konferensiyalarning tashkiliy va ilmiy qoʻmita aʼzosi boʻlgan. Shimoliy Makedoniya va xorijdagi ilmiy anjumanlarda maʼruzalar hamda seminarlar oʻqigan. Koʻplab asarlar muallifi, jumladan ikkita monografiya va yana uchta monografiya hammuallifidir. 2010-yildan 2014-yilgacha Makedoniya pediatriya va profilaktik stomatologiya assotsiatsiyasining raisi boʻlgan. Stomatologiya bilan bogʻliq turli xalqaro tashkilotlarning aʼzosi va Nyu Yorkdagi Kolumbiya universitetiga tashrif buyurgan[2].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gjorgievska va Pendarovskiyning bitta farzandi bor[3]. 2014 va 2019-yillardagi mamlakat prezidentlik saylovlarida erini qoʻllab-quvvatlagan[4]. Pendarovskiy intervyusida Gjorgievskaga turmushga chiqqani, chunki xotini „avvalo uy bekasi, ham mehnatkash va fanlar nomzodi“ ligini taʼkidlab oʻtgan[5].

  1. 1,0 1,1 "Реферат за избор на наставник во сите наставно-научни звања во наставно-научната област (дисциплина) детска стоматологија и превентивна стоматологија на Стоматолошкиот факултет во Скопје (д-р Елизабета Ѓоргиевска, д-р Ана Сторивоска Ивковска, д-р Златко Георгиев)". Билтен на Универзитетот „Св. Кирил и Методиј“ во Скопје (Скопје) (1163): 183. 15 February 2018. Archived from the original on 2022-03-08. https://web.archive.org/web/20220308004601/http://stomfak.ukim.edu.mk/wp-content/uploads/2020/12/1163-15.02.2018-Beti.pdf.  (PDF). Bilten na Univerzitetot „Sv. Kiril i Metodiј“ vo Skopјe (1163). Skopјe: 183. 15 February 2018. Archived from the original (PDF) on 8 March 2022.
  2. 2,0 2,1 Pretsedatel.mk.
  3. „Добрината е единственото што останува по нас: Интервју со Елизабета Ѓоргиевска, сопруга на Претседателот Стево Пендаровски“ (en). Женски Магазин (in Macedonian). 2020-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-iyul.
  4. „(Видео) Сопругата на Пендаровски со пофални зборови за кандидатот за претседател“. Фактор Портал (2019-yil 12-aprel). 2019-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-mart.
  5. „"Домаќинка прва лига" рече Пендаровски за првата дама“ (mk). 21TV (2022-yil 1-yanvar). 2022-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-mart.