Elmurod Tulakov
Elmurod Tulakov | |
---|---|
Tavalludi |
1954-yil Xatirchi tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti |
Taʼlimi | Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti |
Ilmiy darajasi | texnika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Elmurod Salamovich Tulakov (1954-yil, Xatirchi tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Elmurod Tulakov 1954-yilda Xatirchi tumanida tugʻilgan. 1977-yilda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining „Sanoat va fuqaro qurilishi“ fakultetini tugatgan. 1987-yilda Moskva muhandislik-qurilish institutida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan[1]. 2005-yilda Moskva davlat qurilish universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1977-yildan Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti qoshidagi loyihalash va tajriba ustaxonasida muhandis, katta muhandis, bosh mutaxassis, loyihalash boʻlimi boshligʻi, bosh muhandis va ustaxona boshligʻi lavozimida ishlagan. Hozirda Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti „Bino va inshootlarni doyihalash“ kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]6 ta oʻquv qoʻllanma, 6 ta monografiya, 176 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar, jumladan, „Binolarning energiya samaradorlik injeneringi“, M.Mahmudov bilan hammualliflikda „Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi. Qurilish fizikasi“, „Stroitelstvo na prosadochnix lessovix gruntax“, „Fundamenti vodonapornix bashen v uvlajnyaemix lessovix gruntax Sredney Azii“, „ Oʻta choʻkuvchan namlangan gruntlarda qurilayotgan suv minoralarining doirasimon poydevorlarini deformatsiyasini hisoblash“, „Bino va inshootlar-ning yer osti qismini gidroizolyatsiya qilish“, „Oʻta choʻkuvchan gruntlarda namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan kam qavatli turar-joy binolarining yer ostki qismini loyhalashni takomillashtirish“, „Raschet deformatsii kolsevix fundamentov vodonapornix bashen v uvlajnyaemix lessovix gruntax Sredney Azii“ nomli darslik, oʻquv qoʻllanma, monografiyalar muallifidir[1].