Emba
Qiyofa
(Emba daryosidan yoʻnaltirildi)
Emba | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 712 |
Suv sarfi | 17,5 m³/s |
Davlat | Qozogʻiston |
Emba |
Emba (qozoqcha: Жем) — Qozogʻistonning Oqtoʻba va Aterov viloyatlaridagi daryo. Mugojar togʻlaridan boshlanib, Kaspiy dengiziga quyiladi. Uzunligi 712 km, qavzayeining maydoni 40,4 ming km². E., asosan, qor suvlaridan toʻyinadi. Mart oxiri — aprel boshlarida sersuv, boshqa vaqtlarda esa suvi juda kamayib ketadi. Faqat kuzgi yomgʻirlar vaqtida bir oz suvi koʻpayishi mumkin. Oʻrtacha yillik suv sarfi (Oroltoʻbe ovuli yonida) 17,5 m³/sek. Suv ozligidan ayrim qurgʻoqchil yillarda E.ning etak qismi qurib qoladi. E. noyabr oxiridan mart oxirlarigacha muzlab yotadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |