Emil Jamgʻirchiyev
Emil Jamgʻirchiyev | |
qirgʻizcha: Эмил Жамгырчиев' | |
Faoliyat yillari: | |
Tavallud sanasi: | 1982.03.12 |
Tavallud joyi: | Frunze |
Emil Jamgʻirchiyev (qirgʻizcha: Эмил Жамгырчиев)- (1982.03.12 Frunze shahri) Qirgʻiziston Respublikasi parlamentining VII chaqiriq deputati[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1999-2004 yillarda - Ichki ishlar vazirligida xizmat qilgan;
- 2007-2010 - Moliya politsiyasi tergovchisi;
- 2010-2011 yillarda - Chuy viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasining Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i, so‘ngra - uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i;
- 2011-2012 yillarda - Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti devonining Murojaatlar bilan ishlash bo'limi boshlig'ining o'rinbosari;
- 2012-yil - Qirg'iziston Respublikasi Hukumati Mudofaa, huquqni muhofaza qilish va favqulodda vaziyatlar departamentining xavfsizlik va huquq-tartibot masalalari bo'yicha huquqni muhofaza qilish, xavfsizlik va boshqa idoralarning muvofiqlashtirish sektori inspektori;
- 2014-2015-yillarda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish davlat xizmatining (Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish davlat xizmati, Fin pol) Chuy va Talas viloyatlari bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi;
- 2016-yil - Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish davlat xizmatining Chuy viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari;
- 2016-2017 yillarda - Moliya politsiyasining Bishkek shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i;
- 2017-2020-yillarda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish davlat xizmati raisi o‘rinbosari;
- 2021-yildan - "NSK" sug'urta kompaniyasi boshqaruvi raisining maslahatchisi[2].
- 2022-yil fevral oyida yettinchi chaqiriq Jogorku Kengesh deputati bo‘ldi[3].
Jinoiy javobgarlikka tortilishii
[tahrir | manbasini tahrirlash]Emil Jamgʻirchiyevni jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha tuzilgan parlament komissiyasi raisi deputat Alisher Erbayev 2022-yilda Emil Jamg‘irchiev “Salimboy nomi bilan tanilgan O‘zbekiston fuqarosi Salim Abduvaliyev bilan uchrashish va qo‘llov olish maqsadida Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy kesib o‘tganini aytdi[4].
Emil Jamgʻirchiev yuqori martabali siyosiyatchi va davlat amaldori boʻlib, Markaziy Osiyoda taniqli boʻlgan Salim Abduvaliev bilan yashirin uchrashish maqsadida 2022-yil dekabr oyida Qirgʻiziston chegarasini noqonuniy kesib oʻtib, Oʻzbekiston poytaxti Toshkentga, borgan.“Uchrashuvdan soʻng Jamgʻirchiev 2022-yil 16-dekabr kuni qonunda belgilangan tartibda chegarani kesib oʻtmasdan, Oʻzbekistondan Qirgʻizistonga noqonuniy ravishda oʻtgan[5] va chegarani noqonuniy kesib oʻtish faktini yashirish maqsadida Bishkek shahriga kelgan[6]
2023-yilning 27 dekabr kuni Qirgʻizison bosh prokurori Qurmanqul Zulushev deputat Emil Jamgʻirchievni jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat so‘ragan. Parlament spikeri Nurlanbek Shakiev xalq vakiliga nisbatan Jinoyat kodeksining “Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgan. Uni jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat berish yoki rad etish hamda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tergov qilish uchun deputatlik komissiyasi tuzilgan[7]. 2023-yilning 9-yanvar kuni yopiq yig‘ilishda komissiya vakillari Emil Jamg‘irchievni jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat berdi[8]. Deputat o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etib, buni “siyosiy ta’qib” deb bilishini ma’lum qilgan. Shu kuni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergovchilari deputatga chaqiruv qog‘ozi berishga uringan. Jamg‘irchiev fraksiyadoshi Nilufar Alimjonovaning kabinetiga kirib, Jogorku Kenesh binosining 2-qavatidagi derazadan sakrab qochib ketgan[9]. Qamchibek Tashiyev Jamg‘irchiev qamoqqa olinmasligini va ish sudga borganidan keyin aybsizligini isbotlashi kerakligini aytgan[10]. Shuningdek u O‘zbekistondagi jinoyatchilar yetakchisi deyilgan Salim Abduvaliyevga yozgan maktubini Jogorku Kengashda parlamen aʼzolariga ko‘rsatgan. 10 sahifalik maktubda Jamgʻirchiyev Salim Abduvaliyevdan yordam so‘rab, Qirg‘izistonda bosim ostida qolganini yozgan[11].
Jamgʻirchiyev O‘zbekiston chegarasini noqonuniy kesib o‘tgani sababli jinoiy ish qo‘zg‘atilgan[12][13].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Жамгырчиев Эмил Эрикович
- ↑ ЖАМГЫРЧИЕВ ЭМИЛ ЭРИКОВИЧ
- ↑ Жамгырчиев Эмил Эрикович — биография
- ↑ Камчыбек Ташиев: Эмил Жамгырчиевди камабайбыз, издеген да жокпуз
- ↑ Қирғизистон парламенти “Салимбой” билан учрашган депутатни жиноий жавобгарликка тортишга рухсат берди
- ↑ Депутаттык комиссия: Жамгырчиев Салим Абдувалиевге жолугуу үчүн Өзбекстанга мыйзамсыз өткөн
- ↑ Жамгырчиевдин иши: депутаттык комиссиянын жыйыны жабык өтүүдө
- ↑ Депкомиссия Жамгырчиевди жоопко тартууга уруксат берди, эл өкүлү кайда экени белгисиз
- ↑ Депутаттык комиссия: Жамгырчиев Салим Абдувалиевге жолугуу үчүн Өзбекстанга мыйзамсыз өткөн
- ↑ Ташиев депутат Жамгырчиев камалбай турганын айтты
- ↑ Ташиев Жамгырчиев “Салимбай байбачадан” колдоо издеп, жолукканын айтты
- ↑ Эмил Жамгырчиевге Өзбекстанда дагы кылмыш иши козголгону белгилүү болду
- ↑ ГКНБ Кыргызстана: в Узбекистане на депутата Эмиля Жамгырчиева возбудили два уголовных дела