Kontent qismiga oʻtish

Emil Jemadenov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Emil Jemadenov
Tavalludi 19-avgust 1980-yil (1980-08-19) (44 yosh)
Kasbi Siyosiy mahbus

Jemadenov Emil Enverovich (1980-yil 19-avgust Samarqand) – Qrim-tatar siyosiy mahbusi. Rossiya hukumati tomonidan Hizb ut-Tahrir faoliyatiga aloqadorlikda ayblangan.

1980-yil 19-avgustda Samarqandda tugʻilgan.

Emil dastlab Samarqanddagi mahalliy maktabda taʼlim olgan. Oilasi Qrimga qaytganidan soʻng, Emil maktab taʼlimini Ukrainada davom ettirgan.

Oʻrta maʼlumotni olgandan soʻng, Emil Jemadenov Turkiya universitetlaridan birining mehmonxona biznesi fakultetiga oʻqishga kirgan. Turkiyadan qaytgach, Emil Qrimda siyosiy fanlar fakulteti qoshidagi Tauriya ekologiya institutiga oʻqishga kirgan va u yerda magistrlik darajasini olgan[1].

Qrim anneksiya qilinishidan oldin Emil Jemadenov Ukrainada siyosiy tadqiqotlar bilan shugʻullangan, konferentsiyalar va forumlarda nutq soʻzlagan, Qrimda rus bosqinchilik rejimi oʻrnatilgandan soʻng u bankda ekspeditor-kollektor boʻlib faoliyat yurita boshlagan[2].

Rossiya hukumati tomonidan taʼqib

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil 12-oktyabrda Rossiya xavfsizlik kuchlari Emil Jemadenov yashagan Strogonivka va Kamianka qishloqlarida tintuv oʻtkazgan. Qrim FSBning katta tergovchisi Sergey Kulanov boshchiligidagi Rossiya xavfsizlik kuchlari bomdod namozi arafasida uyg bostirib kirishgan. Ular Emilning telefoni, Qur’on tarjimasi va diniy mazmundagi bir qancha risolalarni olib qoʻyishgan. Advokat Edem Semedlyayevga ikki soat davomida Emil yoniga kirishga ruxsat berilmagan[3]. Shu kuni xavfsizlik kuchlari Emilning ota-onasini tintuv qilgan[4].

2016-yil 12-oktabrda Kamianka va Strogonivka shaharlarida hibsga olingan Emil Jemadenov va yana toʻrt nafar musulmon (Rustem Ismoilov, Ayder Saledinov, aka-uka Teymur va Uzeir Abdullayevlar) Hizb ut-Tahrir partiyasiga mansublikda ayblangan. Rustem Ismoilovga nisbatan moddaning 2-qismi boʻyicha ayblov eʼlon qilingan[5].

  1. Эмиль. „Джемаденов Эмиль“ (en). 26 червня 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-iyun.
    1. LetMyPeopleGo. „Еміль Джемаденов“ (uk). 27 червня 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-iyun.
  2. „«Все их знают с лучшей стороны». Что известно о пятерых подозреваемых в причастности к «Хизб-ут-Тахрир»“ (ru). 26 червня 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-iyun.
  3. „Джемаденов Эмиль. История ареста“ (ru). 28 січня 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-iyun.
  4. „Задержанных вчера крымских татар на два месяца оставили в СИЗО“ (en). 27 червня 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-iyun.