Emirali Ablayev
Emirali Ablayev | |
---|---|
Qrim musulmonlari muftiysi | |
Mansab davri 2013-yil sentyabr | |
Prezident | Vladimir Putin |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Emirali Seyitibraimovich Ablayev 1962-yil 11-iyul Toshkent viloyati (Oʻzbekiston SSR), Bekobod tumani, Dalverzin qishlogʻi |
Istiqomat joy(lar)i | Kirov viloyati |
Taʼlim | Dalverzindagi 11-sonli oʻrta maktabi |
Emirali Seyitibraimovich Ablayev (qrim tatarcha: Emirali Seitibraim oğlu Ablayev, Эмирали Сеитибраим огълу Аблаев;) – ukrain va rus qrim-tatar jamoat va diniy arbobi. 1999-yil 4-dekabrdan Qrim muftiysi. Qrim musulmonlari diniy boshqarmasi raisi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Emirali Ablayev 1962-yil 11-iyulda Toshkent viloyati (Oʻzbekiston SSR) Bekobod tumani Dalverzin qishlogʻida tugʻilgan. 1978-yilda Dalverzindagi 11-sonli oʻrta maktabni tamomlagan.
Ablayev dindor oilada ulgʻayib, Sovet ateistik hukumatining barcha toʻsiqlariga qaramay, islomni saqlab qolish va uning asoslarini farzandlariga yetkaza olgan.
Qrimga koʻchib oʻtishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshligidan koʻplab qrim-tatar tengdoshlari singari, qrim-tatar xalqining tarixiy vataniga qaytishi uchun ularning safiga qoʻshilgan. 1988-yilda oilasi bilan Qrimga qaytib, Kirov viloyati, Dolinnoye qishlogʻiga joylashadi.
1993-yili Dolinnoye qishlogʻidagi masjidda nufuzli islom ilohiyotchisidan shaxsiy diniy saboq olgan. Ablayev 1995-yilda Zolotoe Pole qishlogʻining imomi, keyinchalik Kirov viloyatining viloyat imomi etib saylangan. Bu lavozimni 1999-yilgacha egallagan.
1998-yilda Manisa shahridagi Turkiya madrasasida tahsil olib, shu yili Hajni ado etgan. 1999-yilda arabcha bilimlarini Livanda mustahkamlaydi.
Ablayev istisnosiz Qrim musulmonlarining barcha diniy obʼektlari hamda madaniy islom merosi obʼektlarini qayta tiklash tarafdori boʻlgan. U ishlagan davrda SAMKga 80 ga yaqin musulmon ziyoratgohlari qayta tiklangan. 60 dan ortiq masjidlar qurilgan va 3 ta madrasa ochilgan.
Uning Qrim musulmonlari muftiysi sifatidagi faoliyatining yana bir muhim koʻrinishi Qrim musulmonlari oʻrtasida islom dini qadriyatlari toʻgʻrisida oʻzlariga yot boʻlgan ekstremistik mafkuralarning tarqalishiga qarshi kurashgan. Emirali Ablayev IV va V Qrim-tatar xalqi qurultoyi delegati.
2013-yil sentyabr oyida boʻlib oʻtgan Qrim musulmonlarining V Qurultoyida Emirali Ablayev bir ovozdan toʻrt yil muddatga Qrim musulmonlari muftiysi etib saylangan.
2018-yil 27-oktyabrda Qrim musulmonlarining VI qurultoyida muftiy Emirali Ablayevning vakolat muddati besh yilga, 2023-yilgacha uzaytiriladi[1].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ablayev Qrim musulmonlarining barcha diniy obidalarini, shuningdek, madaniy meros obʼektlarini qayta tiklash. Uning davrida 60 dan ortiq masjidlar qurilib, 3 ta madrasa ochilgan.
2017-yilning 25-oktyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ablayevning iltimosiga koʻra jinoyatlarda ayblangan Axtem Chiygʻoz, Ilmi Umerov, xayriyachi va ijtimoiy faol Resul Velilyayevni afv etadi[2].
2018-yil fevral oyida qrim-tatarlarni Rossiyadagi 2018-yil 18-mart kuni boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovda ishtirok etishga chaqiradi.
Emirali Ablayev Simferopoldagi masjid qurilishini qoʻllab-quvvatlaydi. Qurilish jarayonini nazorat qilib, ochilishi 2020-yil yozining boshiga rejalashtirilgan edi[3].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Emirali Ablayev – oilali, ikta qizi, bir oʻgʻli va beshta nabirasi bor.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Эмирали Аблаев в пятый раз избран Муфтием Крыма“ (ru). Российская газета (2018-yil 27-oktyabr). 2018-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-oktyabr.
- ↑ „Помиловали по просьбе крымского муфтия“ (ru). РИА Новости. 2017-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Соборная мечеть Крыма откроется летом 2020 года“ (ru). Недвижимость РИА Новости (13-noyabr). 2019-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.