Kontent qismiga oʻtish

Emirasan Kurtmollayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Emirasan (Emir-Asan) Kurtmollayev
Tavalludi 1902-yil 7(20)-dekabr
Rossiya imperiyasi
Vafoti 1973-yil 11-aprel
Olmaota, Qozogʻiston SSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Ish joylari Tavriya milliy universiteti

Emirasan (Emir-Asan) Kurtmollayev (qrim tatarcha: Emirasan Qurtmollayev, Эмирасан Къуртмоллаев, 1902-yil 7 (20)-dekabr Oʻzenbash, Taurida viloyati – 1973-yil 11-aprel, Olmaota) – sovet tilshunosi. Filologiya fanlari nomzodi (1933). Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi.

Emirasan Kurtmollayev 1902-yil 7 (20)-dekabrda Taurida viloyati, Yalta tumani, Oʻzenbash qishlogʻida badavlat dehqon oilasida tugʻilgan[1]. Undan tashqari, ota-onasining yana ikkita oʻgʻil va ikkita qizi bor boʻlgan. Emirasan oʻzi tugʻilib oʻsgan qishlogʻida boshlangʻich maktabni tugatgan.

1922-yilda Qrim-tatar pedagogika kollejiga oʻqishga kirib, u yerda toʻrt yil oʻqigan. Texnikumni tugatgach, M. V. Frunze nomidagi Qrim davlat pedagogika institutining Qrim-tatar tili va adabiyoti fakultetiga oʻqishga kirib, 1930-yilgacha shu yerda tahsil olgan. Texnikumni tugatgach, bir yil davomida Afandikoʻy qishlogʻidagi boshlangʻich maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlaydi va universitetda oʻqishni davom ettiradi[2]. 1933-yilda esa Qrim pedagogika instituti qoshidagi aspiranturani tugatib, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan[1][3].

Emirasan Kurtmollayev 1933-yildan 1941-yilgacha – Qrim pedagogika institutida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Shu bilan birga Pushkin nomidagi Qrim til va adabiyot ilmiy-tadqiqot institutida katta ilmiy xodim boʻlgan. Qrim-tatar tilining rivojlanishiga hissa qoʻshgan. Til boʻyicha birinchi (1930) va uchinchi (1934) ilmiy anjumanlarida maʼruza qilgan. Maktablar uchun bir qator darsliklar, jumladan, „Qrim-tatar tilining imlo lugʻati“ (1936) muallifi va hammuallifi boʻlgan[3].

Ulugʻ Vatan urushi boshlanishi bilan Qizil Armiya safiga chaqiriladi. U yerda kichik leytenant unvoni bilan piyodalar polkida vzvod komandiri boʻlib xizmat qilgan. 1942-yilning mart oyida Qrimdagi yer osti faoliyatiga qoʻshilgan. Yarim orolni fashistlardan ozod qilish jarayonida Kurtmollayev boshchiligidagi vzvod Massandraning vinoyertoʻlalarini talon-taroj qilishdan qutqaradi. Kurtmollayev 1944-yilda Qrim-tatarlar deportatsiyasi paytida Oʻzbekiston SSR, Samarqand viloyati, Bulungʻur tumaniga surgun qilingan. Keyinchalik oilasi yashagan Qozogʻiston SSSRning Olma-Ota shahriga koʻchib oʻtgan. U yerda SSSR tarixi va qozoq tilidan dars berib, keyinchalik Qozogʻiston SSR Maorif vazirligida ishlagan. Toshkent pedagogika institutida oʻqituvchi boʻlib, qrim-tatar tilini oʻqitish metodikasi kursidan dars bergan.

Emirasan Kurtmollayev 1973-yil 11-aprelda Olmaotada vafot etib, u yerda dafn etilgan[1].

  • Rafiqasi – Anife Safayevna, pediatr.
  • Qizi – Lenyar.
  1. 1,0 1,1 1,2 Шукурджієв С. В. „Куртмоллаєв Емірасан“ (uk). Енциклопедія Сучасної України (2016). 2022-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
  2. Османов С. О.. Дорога длиною в век. Симферополь: Доля, 2007. 
  3. 3,0 3,1 „Эмирасан Куртмоллаев (1902–1973)“ (ru). Республиканская крымскотатарская библиотека им. И. Гаспринского (2016-yil 12-sentyabr). 2022-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.