Kontent qismiga oʻtish

Emma Adler

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Emma Adler
Asl ismi nemischa: Emma Adler
Tavalludi
Emma Braun

1858-yil 20-may
Vafoti 1935-yil 23-fevral
  Shveysariya
Ijod qilgan tillari Nemis tili, Fransuz tili va Ingliz tili
Fuqaroligi Avstriya va Cisleithania

Emma Adler (nemischa: Emma Adler , qizlik familiyasi Braun (nemischa: Braun); 1858-yil 20-may, Debretsen, Avstriya imperiyasi – 1935-yil 23-fevral, Syurix, Shveytsariya) – siyosiy va jamoat arbobi, Avstriya Sotsial-demokratik ishchilar partiyasining faol aʼzosi, ayollar huquqlari himoyachisi, Fin de siècle davri yozuvchisi, jurnalist, publitsist va tarjimon[1].

U temir yoʻl xodimi va tadbirkor Ignats Braunning oilasida tugʻilgan. Oila liberal yahudiy burjuaziyasiga mansub boʻlishgan. Olti yoshida Emma jinsiy zoʻravonlik qurboni boʻlib, bokiraligini yoʻqotgan. 16 yoshida eʼtiqodli sotsialist boʻlgan toʻrtta akasining taʼsirida sotsializm gʻoyalariga qiziqib qolgan va sotsial-demokratik harakatning faol ishtirokchisiga aylangan. Uning eng mashhur akalari Genrix Braun (1854-1927) va Adolf Braun (1862-1929) hisoblanishadi. 1878-yilda u Vena ruhiy kasalliklar klinikasida shifokor boʻlib ishlayotgan Viktor Adler bilan tanishadi. Oʻsha yili Avstriya Sotsial-demokratik partiyasining yetakchilaridan biri va asoschisiga aylangan Viktorga turmushga chiqadi. Ularning oʻgʻli Fridrix Adler, sotsialistik siyosatchi va inqilobchi boʻlib 1916-yilda Avstriya bosh vaziri graf Karl fon Shtyurgkni oʻldirgan shaxs sifatida tanilgan. U Avstriya Sotsial-demokratik ishchilar partiyasining faoli sifatida, Xedvig Dom, Berta Pappengaym va Xedvig Laxmann kabi oʻsha davrdagi boshqa yahudiy ayol yozuvchilar bilan hamkorlik qilgan, siyosiy faoliyatini badiiy ijod bilan uygʻunlashtirgan[2]. Taʼlim xodimlari uyushmasida ishlagan. Ingliz va fransuz tillari oʻqituvchisi boʻlgan. Avstriyaning „Die Frau“ ayollar jurnalini muharrir sifatida boshqargan. Adelgeyd Popp asos solgan Avstriya sotsial-demokratiyasining „Arbeiter-Zeitung“ ishchi gazetasi bilan hamkorlik qilgan[3]. Emma Karl Kautskiy bilan boʻlgan yozishmalari orqali tanilgan. Hayoti davomida ruhiy kasalliklar va ogʻir tushkunlikdan aziyat chekkan, koʻp vaqtini ruhiy kasalliklar shifoxonalari va sanatoriylarda oʻtkazishga majbur boʻlgan. 1935-yilda Syurixda vafot etgan. 1887-yilda dramaturg German Bar Emma Adlerga bagʻishlab „La marquesa d’Amaegui. Eine Plauderei“ nomli bir pardali pyesa yaratgan.

  • Goethe und Frau v. Stein, 1887
  • Die berühmten Frauen der französischen Revolution 1789—1795, 1906
  • Jane Welsh Carlyle: eine Biographie, 1907
  • Feierabend. Ein Buch für die Jugend, 1902
  • Neues Buch der Jugend, 1912
  • Kochschule, 1915
  • Arbeiter lernen Fremdsprachen
  1. „Die berühmten Frauen der französischen Revolution 1789—1795.“. 2021-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-noyabr.
  2. Eigler, Friederike Ursula; Kord, Susanne. The Feminist Encyclopedia of German Literature. Greenwood Publishing Group, 1 January 1997 — 207–-bet. ISBN 978-0-313-29313-9. 
  3. Jacobs, Jack. On Socialists and "the Jewish Question" After Marx. NYU Press, 1 January 1992 — 211, 214–-bet. ISBN 978-0-8147-4213-6.