Emma Guo
Emma Guo (1995-yil 23-fevralda tugʻilgan) — avstraliyalik ayol shaxmatchi. U FIDE xalqaro ayol ustasi (WIM) unvoniga ega. Emma 2015-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Okeaniya chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
Emma Guo | |
---|---|
Emma Guo Istanbuldagi 40-shaxmat Olimpiadasida, Turkiya, 2012-yil | |
Mamlakat | Avstraliya |
Tugʻilishi |
23-fevral 1995-yil Kanberra, Avstraliya |
Saravha | Xalqaro ayol shaxmat ustasi (WIM) |
FIDE reyting | [1] (fevral 2024) |
Yuqori reytingi | 2092 (fevral 2013-yil) |
Yoshlik yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kanberrada tugʻilgan Guo olti yoshida katta akasidan shaxmat oʻynashni oʻrganadi. Emmaga keyinchalik mahalliy shaxmatchi Piter Simpson shaxmatdan murabbiylik qilib unga shaxmatning barcha sir-asrorlarini oʻrgatadi.[1]
Shaxmatdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Guo toʻrt karra Avstraliya qizlar chempioni boʻlgan. Jumladan: 2004, 2005 (10 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasida), 2006 (12 yoshgacha boʻlganlar toifasida) va 2007-yillarda (18 yoshgacha boʻlganlar toifasida) oʻtkazilgan shaxmat musobaqalarida ishtirok etgan.[2]
Emma Guo 2008-yil oktyabr oyida Xitoyning Pekin shahrida boʻlib oʻtgan 1-Jahon aql sporti oʻyinlarida Avstraliya ayollar shaxmat jamoasi aʼzosi safida oʻynagan.[3][4]
Guo ayollar oʻrtasidagi Okeaniya chempionatida toʻrt marta ishtirok etgan. 2009-yilda Queensland shtatining Gold Coast shahrida oʻtkazilgan shaxmat musobaqasida u Arianne Kaoili va Irina Berezinadan keyingi uchinchi oʻrinni egalladi va bu natijasi uchun ayol FIDE ustasi (WFM) unvoniga sazovor boʻldi.[5] 2011-yilda Emma Guo Yangi Zelandiyaning Rotorua shahrida Irina Berezina bilan bir xil ball toʻplab birinchi oʻringa daʼvogar boʻladi[6] va bir necha oy oʻtgach, Sidneyning Parramatta shahrida oʻtkazilgan pley-off oʻyinida Irina bilan boʻlgan oʻyinda magʻlubiyatga uchraydi.[7] Shu musobaqadagi muvaffaqiyatli oʻyinlari natijasida unga xalqaro ayol ustasi unvoni berildi. Ikki yil oʻtgach, Fidjining Nadi shahrida u Berezina bilan yana bir bora teng ball toʻplab, birinchi oʻringa daʼvogar boʻladi, lekin afsuski, huddi avvalgidek pley-off oʻyinida Irina Berezina tomonidan magʻlub etiladi.[8] 2015-yilda Sidneyning Cammeray shahrida boʻlib oʻtgan shaxmat musobaqasida Emma Guo 7/9 ball toʻplagan holda, oʻyinni birinchi oʻrin sohibasi sifatida yakunladi va 2016-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.[9][10]
Guo Avstraliya terma jamoasi safida 2010, 2012, 2014 va 2016-yillardagi ayollar shaxmat olimpiadalarida ishtirok etgan. U shuningdek, 2007-yilda 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon olimpiadasida Avstraliyaning ikkinchi jamoasi safida oʻynagan.[11]
Guo 2012-yilda 36-Zurich Christmas Open turnirida eng koʻp ball toʻplagan shaxmatchi sifatida etirof etildi.[12]
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Emma Guo hozirda Kanberradagi Avstraliya Milliy Universitetida psixologiya va sanʼat yoʻnalishida tahsil olmoqda.
Emma asli kelib chiqiqshiga koʻra tibetlik hisoblanadi.[13]
Mashhur oʻyinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Maxmut Xeladini va Emma Guo, Hilton Master Open turniri, Bazel (2013), Ruy Lopez: Schliemann himoyasi, (C63), 0:1
1.e4 e5 2. Nf3 Nc6 3. Bb5 f5 4.d3 fxe4 5.dxe4 Nf6 6. Bg5 Bc5 7. OO d6 8.c3 OO 9. Nbd2 Qe8 10. Bh4 Kh8 11.b4 Bb6 12. Re1 Nh5 13. Bf1 Bg4 14. Qb3 Qg6 15. Kh1 Rf4 16. Bg3 Nxg3+ 17.fxg3 Rf6 18. Be2 Bxf3 19. Bxf3 Qxg3 20. Re2 Rh6 21. Nf1 Qf4 22.a4 a5 23.b5 Ne7 24. Rd1 g5 25. Rd3 g4 26. Re1 gxf3 27. Rxf3 Qg4 28.h3 Rg8 29. Qc2 Qh4 30. Qb1 Rf6 31. Rxf6 Qxf6 32. Re2 Ng6 33. Nh2 Nf4 34. Qf1 Qg6 0-1
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sawa, Mark. „Chess master at just 17“. The Canberra Times (15-may 2012-yil). 7-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-yanvar 2014-yil.
- ↑ ACTJCL Australian Juniors Age Champions. ACT Junior Chess League.
- ↑ 1st World Mind Sport Games — Women Team Rapid. Chess-Results.com.
- ↑ 1st World Mind Sport Games — Women Team Blitz. Chess-Results.com.
- ↑ 2009 Oceania Zonal Women. Tournament report. FIDE.
- ↑ 2011 Oceanic Zonal Women. Original Tournament Report. FIDE.
- ↑ „2011 Oceania Women's Zonal Playoff“. FIDE (20-iyul 2011-yil). Qaraldi: 14-iyul 2016-yil.
- ↑ „Results of 2013 Oceania Zone Championships“. FIDE (13-may 2013-yil). Qaraldi: 14-iyul 2016-yil.
- ↑ Spiller. „Oceania Zone 3.6 Championship Sydney (AUS) July 3 - 10, 2015“. FIDE (2015-yil 15-iyul).
- ↑ Rogers. „GM Rogers: Illingworth Beats McClymont and Baku Deadline“. Gardiner Chess (20-iyul 2015-yil).
- ↑ Emma Guo team chess record at Olimpbase.org
- ↑ 36. Zürcher Weihnachtsopen (Archive.is saytida 3-yanvar 2014-yil sanasida arxivlangan) Final standings
- ↑ „17-year old Tibetan girl to compete at Chess Olympiad“. Phayul.com (30-may 2012-yil). 14-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-iyul 2016-yil.
- 365Chess.com saytidagi Emma Guo oʻtkazgan shaxmat oʻyinlari