Kontent qismiga oʻtish

Emma Nordin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Emma Nordin
Tugʻilgan joyi 22-mart 1991-yil (1991-03-22) (33 yosh)
Örnsköldsvik, Shvetsiya
Boʻyi 1.68 m (5 ft 6 in)
Ogʻirligi 68 kg (150 lb; 10 st 10 lb)
Pozitsiyasi Hujumchi
Maydondagi joylashgan oʻrni Chap
SDHL
Sobiq jamoalar
Luleå HF/MSSK
KRS Vanke Rays
Modo Hockey
Milliy jamoa  Shvetsiya
Jamoalardagi faoliyat 2005—hozirgacha

Emma Elizabet Nordin (talaffuzi: Emma Nordin; 1991-yil 22 martda tugʻilgan) — shved xokkey hujumchisi va Shvetsiya milliy xokkey jamoasi aʼzosi, hozirda Shvetsiya ayollar xokkey ligasida (SDHL) Luleå HF/MSSK jamoasida oʻynaydi[1]. Koʻpincha ayollar xokkeyidagi eng yaxshi faol shved oʻyinchilaridan biri sifatida tilga olinadi, ikki marta Shvetsiyada yilning eng yaxshi xokkeychisi deb topilgan, besh karra SDHL chempioni, SDHL tarixida ikkinchi eng koʻp gol urgan va 200 dan ortiq terma jamoa oʻyinlarida ishtirok etgan[2].

Örnsköldsvikda tugʻilgan Emma 2004-yilda, 13 yoshida oʻz shahrining Modo Xokkey klubida oʻynay boshlagan. 2011—2012-yilgi mavsum oldidan Mododa sardor yordamchisi etib tayinlandi. Oʻsha mavsumda oʻzining birinchi Riksserien chempionligini yutdi[3].

2015-yilda Modoni tark etib, Luleå HF/MSSK ga qoʻshildi. Luleå bilan birinchi mavsumida 31 ta oʻyinda 62 ochko toʻplagan holda faoliyatidagi eng yaxshi natijani qayd etdi[4]. Fevral oyida Shvetsiya terma jamoasi safida boʻlganida jarohat olganidan soʻng, mavsumning soʻnggi beshta oʻyinini hamda pley-offni oʻtkazib yuborishga majbur boʻldi[5].

2018—2019-yilda faoliyatidagi eng yaxshi 31 ta golga tenglashdi va jami 59 ochko toʻpladi va gollar soni boʻyicha ligada peshqadamlik qildi. Ochkolar boʻyicha barcha shved oʻyinchilari orasida birinchi oʻrinni egalladi[6]. SDHLning eng yaxshi hujumchisi va Shvetsiyaning yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi, Luleå unvonni qoʻlga kiritdi, bu uning toʻrtinchi chempionlik gʻalabasi.

U 2019—2020-yilgi mavsumda belidagi jarohatlari tufayli 13 ta oʻyinni oʻtkazib yubordi, ammo Shvetsiyadagi COVID-19 pandemiyasi tufayli mavsum bekor qilinishidan oldin Luleå pley-off finaliga chiqqannigacha 35 ochko qoʻshib oldi[7].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nordin 2010-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida Shvetsiya ayollar milliy xokkey jamoasida oʻynagan. U barcha beshta oʻyinda qatnashib, bitta golli uzatmani qayd etdi[8][9]. 2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida 6 ta oʻyinda 3 ochko, 2018-yilgi Qishki Olimpiadada esa 6 ta oʻyinda 4 ochko toʻplagan.

Nordin Shvetsiya terma jamoasi safida oltita IIHF ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Uning birinchi oʻyini 2008-yilda boʻlgan[10][11][12].

Shvetsiya xokkey federatsiyasidan ayollar terma jamoasi uchun sharoitlarni yaxshilashni jamoadoshlari bilan talab qilgan.

Yoshligidagi terma jamoa

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nordin Shvetsiyaning 18 yoshgacha boʻlgan ayollar milliy xokkey jamoasida 2008- va 2009-yillarda 18 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi IIHF Jahon chempionatida ikkita oʻyin oʻtkazdi. 2009-yilgi musobaqada bronza medalini qoʻlga kiritdi[13][14].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klublardagi statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eslatma: Riksserien 2016-yilda oʻz nomini SDHL ga oʻzgartirdi. GP=ishtirok, G=gol, A=assist, Pts=ball, PIM=qoidabuzarlikni anglatadi.

    Muntazam mavsum   Pley-off
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
2007-2008 Modo Hockey Riksserien 11 3 3 6 4 4 0 1 1 0
2008-2009 Modo Hockey Riksserien 18 1 7 8 12 6 0 5 5 2
2009-2010 Modo Hockey Riksserien 12 3 4 7 0 4 0 1 1 2
2010-2011 Modo Hockey Riksserien 26 4 4 8 14 2 1 0 1 0
2011-2012 Modo Hockey Riksserien 25 5 10 15 12 3 1 1 2 0
2012-2013 Modo Hockey Riksserien 28 16 12 28 10 3 2 4 6 0
2013-2014 Modo Hockey Riksserien 28 17 22 39 16 3 2 3 5 0
2014-2015 Modo Hockey Riksserien 28 14 21 35 10 5 2 2 4 0
2015-2016 Luleå HF/MSSK Riksserien 31 31 31 62 16 - - - - -
2016-2017 Luleå HF/MSSK SDHL 31 15 23 38 6 4 2 3 5 2
2017-2018 Luleå HF/MSSK SDHL 35 27 31 58 6 7 6 4 10 0
2018-2019 Luleå HF/MSSK SDHL 36 31 28 59 10 11 11 6 17 2
2019-2020 Luleå HF/MSSK SDHL 23 14 21 35 4 6 1 5 6 0
SDHLda jami 332 181 217 398 120 58 28 35 63 8

Xalqaro statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Jamoa Musobaqa GP G A Pts PIM
2008-yil Shvetsiya U18 U18 5 1 0 1 2
2008-yil Shvetsiya WW 4 0 2 2 0
2009-yil Shvetsiya U18 U18 5 2 1 3 8
2009-yil Shvetsiya WW 5 0 1 1 0
2010-yil Shvetsiya Oly 5 0 1 1 2
2011-yil Shvetsiya WW 5 0 1 1 0
  1. „Две россиянки, трое призёров ЧМ-2021: «КРС Ванке Рэйз» обновили состав“ (ru). whl.khl.ru (2021-yil 3-sentyabr). 2021-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.
  2. Rönnkvist. „Här är decenniets SDHL-lag“ (sv). HockeySverige (2020-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
  3. Häggkvist. „Nordin: Jag är bättre än någonsin“ (sv). Örnsköldsviks Allehanda (2013-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 4-sentyabr.
  4. „Tjat bakom VM-stjärnans lyft“ (sv). Aftonbladet (2019-yil 3-aprel). Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
  5. Fredriksson. „Nordin: "Frustrationen har kommit och gått"“ (sv). Aftonbladet (2017-yil 8-fevral). Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
  6. Rönnkvist. „Den svenska stjärnan som lyser klarast: "Känner mig mycket tryggare i mig själv"“ (sv). HockeySverige (2019-yil 16-fevral). Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
  7. Rönnkvist. „På väg tillbaka efter skadehelvetet – men oklart om det blir mer landslagsspel“ (sv). HockeySverige (2020-yil 22-aprel). Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
  8. IIHF — Team Sweden Stats — 2010 Olympics
  9. IIHF. IIHF Media Guide & Record Book 2012. Fenn/M&S, 2011 — 557-bet. ISBN 978-0-7710-9598-6. 
  10. „IIHF — Team Sweden Stats — 2008 World Championship“. 2022-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.
  11. „IIHF — Team Sweden Stats — 2009 World Championship“. 2022-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.
  12. IIHF — Team Sweden Stats — 2011 World Championship
  13. „IIHF — Team Sweden Stats — 2008 U-18 World Championship“. 2022-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.
  14. „IIHF — Team Sweden Stats — 2009 U-18 World Championship“. 2022-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.