Emminger Otmar
Категория:Персоналии по алфавиту Категория:Википедия:Статьи о государственных деятелях без иллюстраций на Викискладе Otmar Emminger (1911-yil 2-mart, Augsburg, Germaniya imperiyasi1986-yil 3-avgust, Manila,Filippin)-nemis davlat arbobi, 1977-yildan 1979-yilgacha Germaniya Federal banki prezidenti.
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]1911-yil 2-martda Augsburgda huquqshunos va siyosatchi, Veymar Respublikasi adliya vaziri Erich Emminger oilasida tug'ilgan.1928-1932 yillarda Berlin, Myunxen, Edinburgda va London iqtisodiyot maktabida huquqshunoslik bo‘yicha tahsil olgan.U "Ascania-Burgundy" va "Alemannia" talabalar katolik klublarining a'zosi edi [1]. 1934-yilda Myunxen universitetida falsafa doktori bo'ldi, keyin Buyuk Britaniyada, 1935-yildan 1936-yilgacha Germaniya Iqtisodiy tadqiqotlar institutida tahsil oldi.1937-yilda u NSDAPga qo'shildi.
Harbiy xizmatni o‘tab, asirlikdan ozod bo‘lgach, Bavariya milliy xo‘jalik assotsiatsiyasida ishlagan,1947-yildan Bavariya Iqtisodiyot vazirligida katta maslahatchi bo‘lgan. 1949-yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotidagi Germaniya delegatsiyasining iqtisodiy bo'limi vakili.1950- yilda Myunxen universitetida iqtisod fanidan ma'ruza o'qidi. 1953-yilda Germaniya erlari banki direktorlar kengashiga qo'shildi, o'sha yildan 1959-yilgacha Xalqaro valyuta jamg'armasining Germaniya bo'limiga rahbarlik qildi [1].
1969-yilda Germaniya Federal bankining vitse-prezidenti, 1977-yilda uning rahbari bo'ldi. U 1979-yilgacha, nafaqaga chiqqunga qadar Germaniya markaziy bankini boshqargan. Germaniya Markaziy bankini boshqarib, u dollar oqimiga qarshi kurashdi, 1979-yilda Yevropa valyuta tizimining joriy etilishini qo'llab-quvvatladi [2]. Bretton-Vudsdan Yamayka pul tizimiga o'tishni belgilovchi maxsus qarz olish huquqlarini (SDR) yaratish loyihasi mualliflaridan biri bo'ldi.
Nafaqaga chiqqanida iqtisodga oid bir qancha ilmiy maqolalarini chop etdi. 1986-yil iyul oyida Germaniya federal hukumati nomidan Filippinga mamlakatning yangi prezidenti Korazon Akinoning iqtisodiy maslahatchisi sifatida yuborildi [1]. 1986-yil 3-avgustda Manilada yurak xurujidan vafot etdi [3].
Eslatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Nachruf. Otmar Emminger(olm.)
- ↑ Ein Denkmal von eigener Hand(olm.)
- ↑ Otmar Emminger, 75, West German Banker(ingl.)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Germaniya Federal bankining veb-saytidagi sahifa[sayt ishlamaydi](olm.) )