Kontent qismiga oʻtish

Emulgatorlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Emulgatorlar (lotincha: sogʻaman) — emulsiya hosil qiladigan moddalar, emulsiyalarning stabilizatorlari. Emulgatorlar jumlasiga emulsiyani tashkil etgan 2 fazadan birida eriydigan tabiiy va sunʼiy birikmalar (baʼzi tuzlar, asoslar, organik kislotlar, sovunlar, aminlar va boshqalar sirt faol moldalar), kukun holidagi moddalar kiradi. Emulgatorlar sifatida ishlatiladigan modda tarkibida (uning disperslik darajasidan qatʼi nazar) gidrofil va gidrofob qismlar boʻlishi kerak, chunki deyarli hamma emulgatorlarni sirt faol moddalar desa boʻladi. Kuchli gidrofil qismiga ega boʻlgan emulgatorlar M/S tipidagi emulsiyalar (yaʼni moyning suvdagi emulsiyasi) olish uchun xizmat qiladi. Gidrofob qismlari kuchli boʻlgan emulgatorlar esa S/M tipidagi emulsiyalar (yaʼni suvning moydagi emulsiyasi) hosil qilishda ishlatiladi. Agar 10 ml suvga 10 ml benzol qoʻshib chayqatilsa, 2 xil emulsiya olish mumkin. Ana shu aralashmaga gidrofil emulgatorlar qoʻshilsa, emulgatorlar molekulasining qutbsiz (utlevodorod) qismi moy tomchilariga, qutbli qismi (—SOON, — ON, — 1MN2guruhlari) esa suv tomchilariga botadi, lekin gidrofil emulgatorlarni suv koʻproq xoʻllaydi, natijada emulgatorlar hajmining koʻp qismi suvga, oz qismi esa benzolga botadi. Shu sababli benzol tomchisi atrofida emulgatorlarning sidirgʻa pardasi hosil boʻladi; bu tomchini emulgatorlar molekulari yaxshi qurshab oladi. Natijada M/S tipidagi emulsiya barqarorlashadi. Gidrofob emulgatorlar qoʻshilganda S/M tipidagi emulsiya hosil boʻladi.