Endemiklar
Endemiklar, endemlar (yun. — mahalliy) — tarqalishi nisbatan kichik geografik hudud bilan cheklangan hayvonlar va oʻsimliklar oilalari, urugʻlari, turlari yoki boshqa taksonlari. Endemiklar — biron flora yoki faunaning oʻziga xos tarkibiy qismi. Endemizmning rivojlanishi geografik chegaralanish, iqlim va edafik (tuproq) sharoitlari, biologik omillar (parazitlik, konkurensiya va boshqalar) bilan bogʻliq. Tur endemizmi juda cheklangan boʻlishi mumkin. Endemiklar koʻproq okean, orollar, togʻli hududlar va koʻllarda uchraydk. Mas, Avliyo Yelena o. florasining 85% chasi, Kavkaz florasining 20% ga yaqini, Baykal koʻli faunasi va florasining 75% ga yaqin turi endemiklardan iborat. Shakllanish muddatiga binoan, endemiklar paleoendemiklar va neoendemiklarga ajratiladi[1].
Paleoendemiklar — yoʻqolib borayotgan relikt turlardan iborat. Ularga Gʻarbiy va Markaziy Xitoyda oʻsadigan metasekvoyya va ginkgo; Kaliforniya sekvoyyasi, Avstraliya va Tasmaniyadagi oʻrdakburun; Hind okeani Komor o. yaqinida tarqalgan latimeriya kiradi[2].
Neoendemiklar — yaqinda chegaralangan hududlarda paydo boʻlgan, progressiv yosh turlar yoki formalar. Ularga Qrim florasi va faunasi, Britaniya orollari faunasidagi bir qancha turlar kiradi (Kosmopolitlar bilan solishtiring)[3].
Endemik turlarning klassifikatsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Agar turlar faqat birta dara yoki birta togda uchraydigan bo'lsa bunday turlar stenoendemik tur deb xisoblanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Биологический энциклопедический словарь / Гл. ред. М. С. Гиляров; Редкол.: А. А. Бабаев, Г. Г. Винберг, Г. А. Заварзин и др. — 2-е изд., исправл. — М.: Сов. Энциклопедия, 1986.
- ↑ „Красная книга Сочи“ (deadlink). 2018-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-dekabr.
- ↑ Эндемизм // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1890—1907.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Арциховский В. М.,. Эндемизм // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1890—1907.
- Эндемизм, Эндемики // Элоквенция — Яя. — М. : Советская энциклопедия, 1957. — С. 56—57. — (Большая советская энциклопедия : [в 51 т.] / гл. ред. Б. А. Введенский ; 1949—1958, т. 49).
- Биологический энциклопедический словарь / Гл. ред. М. С. Гиляров. — М.: Изд-во Советская Энциклопедия, 1986.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Juan J. Morrone. On the Identification of Areas of Endemism(ingl.) // Systematic Biology : journal. — 1994. — Vol. 43, no. 3. — P. 438—441. — DOI:10.1093/sysbio/43.3.438. Архивировано 3 aprel 2012 года.
- CDL Orme; RG Davies; M Burgess; F Eigenbrod; Pickup; Olson; Webster; Ding; Rasmussen; Ridgely; Stattersfield; Bennett; Blackburn; Gaston; Owens. Global hotspots of species richness are not congruent with endemism or threat(ingl.) // Nature : journal. — 2005. — 18 August (vol. 436, no. 7053). — P. 1016—1019. — DOI:10.1038/nature03850. — Bibcode:2005Natur.436.1016O. — Andoza:PMID.
- * JT Kerr. Species Richness, Endemism, and the Choice of Areas for Conservation(ingl.) : journal. — Wiley-Blackwell, 1997. — October (vol. 11, no. 55). — P. 1094—1100. — DOI:10.1046/j.1523-1739.1997.96089.x. — JSTOR 2387391. Архивировано 9 avgust 2017 года.