Endooftalmit
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Shishasimon tananing yiringlashi – endooftalmit deb aytiladi. Endooftalmit koʻpincha shox pardaning yiringli kasalliklarida, ogʻir teshib otuvchi jarohatlarda va koʻz olmasining operatsiyalaridan keyin paydo boladi (katarakta, glaukoma va hokazolar)[1].
Klinikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu jarayonda koʻrish oʻtkirligining keskin kamayishi, rangdor parda va xorioidning birga yiringlashi oqibatida koʻz ogʻrigʻi, koʻz yoshi koʻpayishi, koʻz olmasi, konyunktivada aralash inyeksiyasi paydo boladi. Shox parda xiralashishi, old kamera suyuqligining xiralashishi oqibatida koʻz tubini oftalmoskopiya qilib boʻlmaydi. Ultratovush tekshiruvlarida shishasimon tanada koʻplab suzib yuruvchi ipsimon yiringli moddalar aniqlanadi[2].
Davolash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davolash asosan yiringni jarroxlik yoʻli prinsiplariga asoslangan boʻlib, parasintez orqali koʻz olmasi ichi kuchli antibiotiklar (Fortum eritmasi 1.1000 ertilib) bilan koʻz ichi yuviladi. Bemorning tuzalish prognozi davolashning erta boshlanishiga bogʻliq[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Yuldasheva. shishasimon tana, 6, Toshkent: Cho'lpon — 54-55-bet. ISBN 978-9943-05-869-9.
- ↑ Yuldasheva. shishasimon tana, 6, Toshkent: Cho'lpon — 54-55-bet. ISBN 978-9943-05-869-9.
- ↑ Muxamadiyev. shishasimon tana kasalliklari, Toshkent, 2020 — 271-bet. ISBN 418-49908-2020.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |