Endosperm
Endosperm (endo... va snerma) - oʻsimlik urugʻida hosil boʻladigan oziqtoʻqima. Ochiq urugʻlilarda Endosperm. urugʻlanishdan oldin murtak xaltasidan paydo boʻlib, jinsiy gametofitga mos keladi. Endosperm hujayralari dastlab gaploid, yadrolari qoʻshilgandan soʻng diploid boʻlib qoladi. Gulli oʻsimliklar Endospermi qoʻsh urugʻlanish natijasida murtak xaltasi diploid markaziy hujayrasidan hosil boʻladi; triploid hujayrasi changchi va urugʻchi genomiga ega.
Endosperm oʻsayotgan murtakni oziq moddalar bilan taʼminlaydi; tarkibida kraxmal, yogʻ yoki boshqa moddalar koʻp. Endosperm koʻpchilik gulli oʻsimliklarning yetilgan urugʻida, xususan, barcha bir pallalilar (suv va botqoqlik oʻsimliklardan tashqari), koʻpchilik ikki pallalilarda boʻladi. Biroqbir qancha ikki pallalilar (dukkaklilar, qovoqdoshlar, qoqidoshlar, karamdoshlar, eman, qayin va boshqalar)da Endosperm boʻlmaydi, chunki urugʻ shakllanishining dastlabki davrlarida Endosperm oʻsayotgan murtakka soʻrilib ketadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |